Buxoroda fuqaro piçoq bilan özini öldirmoqçi böldi

eʼlon qilindi
Fuqaro odamlar kamroq joyga olib çiqildi
Foto: IIV

Buxoro şahrida qölida piçoq bilan yurgan fuqaro öziga jarohat yetkaziş bilan tahdid qilgan. Içki işlar organlari xodimlari tezkor harakatlar bilan uni zararsizlantirgan. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.

Hodisa 9-noyabr kuni Gulşan mahallasida sodir bölgan. Soat 13:10 atrofida hududda xizmat olib borayotgan patrul-post xizmati inspektorlariga qölida piçoq bölgan noma’lum şaxs haqida xabar kelib tuşgan.

Voqea joyiga yetib kelgan xodimlar fuqaroning qölida ötkir tiğli jism borligini aniqlagan. U inspektorlarning yaqinlaşişiga qarşilik qilib, heç kimni yoniga qöymasligini bildirgan. Şuningdek, yaqinlaşgan taqdirda özini piçoqlaşi haqida tahdid qilgan.

Fuqaro odamlar kamroq joyga olib çiqildi

Vaziyatni yanada keskinlaştirmaslik uçun xodimlar fuqaro bilan ehtiyotkorlik bilan muloqot qilgan. Uni odamlar kamroq bölgan hududga olib çiqib, e’tiborini çalğitişga muvaffaq bölgan.

Şundan söng inspektorlar tezkor harakat qilib, fuqaroning qölidagi piçoqni olib qöygan va uni zararsizlantirgan. Hodisa vaqtida fuqaroning özi ham, atrofdagi boşqa fuqarolar ham jarohatlanmagan.

Keyinçalik uning Gulşan mahallasida yaşovçi, 1971-yilda tuğilgan va vaqtinça işsiz fuqaro ekani aniqlangan. Hozirda fuqaro hududiy içki işlar bölimiga olib borilgan. Holat yuzasidan tegişli profilaktik va suriştiruv işlari olib borilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Kosonsoyda yigit unaştirilgan qizini piçoqlab öldirgani haqida xabar bergan edi. 

Shuningdek