AQŞ osmonida «meduza»: özga sayyoraliklar haqidagi taxminlar avj oldi

Alyaskaning Ankorij şahri osmonida meduzaga öxşaş, pastga qarab osilgan bir neçta «paypaslagiçlari» bor noma’lum obyekt videoga olindi. Guvohlarning aytişiça, u havoda qariyb uç daqiqa muallaq turgan, turli tomonga burilgan va keyin birdan közdan ğoyib bölgan. Video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan söng ayrim foydalanuvçilar uni özga sayyoraliklar bilan boğlamoqda. Bu haqda NDTV xabar berdi.
Avvaliga çivin deb öylagan
Sara Jeyn Osborn ismli ayol eri Pit bilan Ankorij şahrida maşinada ketayotib, osmonda paydo bölgan kamalakni suratga oliş uçun töxtagan.
Şu payt u uzoqdagi daraxtlar ustida ğalati qora-kumuş rangli obyektni körib qolgan. Osborn dastlab telefon ekranidagi tasvirni çivin deb öylagan, biroq osmonga qaraganida uning ança uzoqda uçib turganini payqagan.
Ayolning sözlariga köra, obyektning pastki qismidan meduza paypaslagiçlariga öxşaş bir neçta bölaklar osilib turgan. Ular bir-biridan mustaqil harakatlangandek köringan. Obyekt esa havoda turib, sekin u tomondan bu tomonga burilgan.
Osborn va uning eri ğalati jismni taxminan uç daqiqa kuzatgan. Keyin u tösatdan közdan ğoyib bölgan. Guvohlar yaqin atrofdagi parkdan obyektni boşqarayotgan odam yoki uni uşlab turgan ipni izlagan, biroq heç narsa topmaganini aytgan.
Harbiy baza tomon uçganmi
Videoda köringan obyekt AQŞning Joint Base Elmendorf-Richardson harbiy bazasi joylaşgan yönalişda paydo bölgani ham muhokamalarga sabab böldi. Uşbu bazada, jumladan, F-22 Raptor qiruvçi samolyotlari joylaştirilgan.
Biroq obyekt, haqiqatan ham, harbiy baza hududiga yaqinlaşgani yoki uning harbiy faoliyat bilan boğliqligi tasdiqlanmagan. Hozirça uning kelib çiqişi va qanday boşqarilgani haqida rasmiy izoh ham yöq.
Özga sayyoraliklar yoki oddiy varrak
Video internetda tarqalganidan keyin foydalanuvçilar uning tabiatiga oid turli taxminlarni ilgari surdi. Ayrimlar tasvirda özga sayyoraliklar kemasi yoki noma’lum uçuvçi obyekt aks etganini aytmoqda. Boşqalar esa uni noodatiy şakldagi varrak yoki dron bölişi mumkinligini taxmin qilgan.
Guvohning özi ham obyektni varrak deb hisoblamasligini bildirgan. Uning aytişiça, yaqin atrofda varrak uçirayotgan odamni topa olmagan.
Şunga qaramay, obyektning aynan nima ekani hozirça aniqlanmagan. NDTV naşri ham videodagi tasvir va guvohning barça da’volarini mustaqil ravişda tasdiqlay olmaganini qayd etgan.
Avvalroq Xitoy boşçiligidagi olimlar jamoasi Yerdan 238 yoruğlik yili uzoqlikdagi K2-155 yulduz tizimi yönalişidan sirli tor diapazonli radio signalni aniqlagani haqida xabar berilgandi.