Begona qizni haqoratlagan Feruza Normatovaga jinoyat işi oçildi

eʼlon qilindi
U begona qizning suratini ruxsatsiz tarqatgan
Foto: ijtimoiy tarmoqlar

Toşkentda bloger Feruza Normatova özi tanimaydigan qizning suratini ijtimoiy tarmoqqa joylaştirib, uni turmuş örtoği bilan munosabatda bölişda aybladi. Qizning murojaatidan söng blogerga nisbatan jinoyat işi qözğatildi. Dastlabki ma’lumotlarga köra, Normatova bu harakatni obunaçilari sonini oşiriş maqsadida qilganini tan olgan. Bu haqda Toşkent şahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Begona qizning surati ruxsatsiz tarqatilgan

Mirobod tumanida yaşovçi fuqaro içki işlar organlariga murojaat etib, öz suratidan ruxsatsiz foydalanilganini ma’lum qilgan.

Aniqlanişiça, bloger özi tanimaydigan qizning suratini ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylaştirgan. U videoda qizni turmuş örtoği bilan munosabatda bölişda ayblab, unga nisbatan haqoratli fikrlar bildirgan.

Murojaatçining aytişiça, u Feruza Normatovani ham, uning turmuş örtoğini ham şaxsan tanimaydi. Şuningdek, ular bilan heç qanday munosabatda bölmagan.

Video 4 milliondan ortiq marta körilgan

Qizning ta’kidlaşiça, uning surati aks etgan video blogerning Instagram sahifasidagi Stories bölimida 24 soat davomida joylaştirilgan. Şu vaqt içida uni 4 milliondan ortiq foydalanuvçilar körgan. Keyinçalik video boşqa sahifalarda ham tarqalgan.

Içki işlar organlari tomonidan ötkazilgan suriştiruv davomida bloger öz harakatini obunaçilar sonini köpaytiriş maqsadida amalga oşirganini tan olgan.

Holat yuzasidan Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirça iş böyiça sud hukmi yoki blogerga tayinlangan jazo haqida ma’lumot berilmagan.

Avvalroq Raqobat qömitasi ijtimoiy tarmoqlardagi reklama materiallarini tekşiriş davomida 12 nafar bloger qonun talablariga zid reklama joylaştirganini aniqlagandi.

Shuningdek