Saida Mirziyoyeva Parijda Makron bilan yirik iqtisodiy loyihalarni muhokama qildi

Özbekiston prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Parijda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan uçraşib, Özbekiston va Fransiya örtasidagi strategik şeriklikni rivojlantiriş masalalarini muhokama qildi. Uçraşuvda prezident Şavkat Mirziyoyevning Makronga samimiy salomi yetkazildi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
Makron bilan uçraşuv
Muloqot davomida Özbekiston va Fransiya örtasidagi uzoq muddatli strategik şeriklikni rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilingan.

Xususan, mudofaa va xavfsizlik, kibertexnologiyalar, sun’iy intellekt, şuningdek, yirik iqtisodiy va gumanitar loyihalar böyiça fikr almaşilgan. Saida Mirziyoyeva Makronga Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning samimiy salomini yetkazgan.
Parij tinçlik forumida bolalar masalasi kötarildi
Qolaversa, 11-noyabr kuni Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida ham iştirok etgan. Forumda u bolalar xavfsizligi va farovonligi, şuningdek, Samarqandda ilgari surilgan taşabbuslar haqida fikr bildirdi.

Uning ta’kidlaşiça, forum iştirokçilarining bolalar taqdiri va Samarqandda kötarilgan masalalarga jiddiy qiziqiş bildirayotganini his qilgan.
«Aslida tinçlik degani — har bir bolaning qayerda va qanday oilada tuğilganiga qaramay, xotirjam öqişi, bexavotir ulğayişi va öz kelajagiga işonişidir», – deb yozadi Saida Mirziyoyeva.
Forumda Özbekistonning Samarqandda qabul qilingan Bolalar farovonligiga investitsiyalar deklaratsiyasi bilan boğliq taşabbuslari ham ilgari surilgan. Xususan, uning asosiy qoidalarini BMT Boş Assambleyasiga rezolyutsiya sifatida kiritiş rejasi ma’lum qilingan.
Avvalroq Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva viloyat narkologiya muassasasi faoliyati bilan tanişgandi.