Tekşiruv bölyapti — Bojxona qömitasi xodimlar tekşirilayotganini tan oldi

Bojxona qömitasi ayrim xodimlari faoliyati yuzasidan tekşiruvlar ötkazilayotganini tasdiqladi. 2025–2026-yillarda mobil qurilmalar va ularning IMEI kodlarini noqonuniy röyxatdan ötkaziş bilan boğliq holatlar yuzasidan 21 ta xizmat tekşiruvi ötkazilib, 29 nafar xodimga intizomiy jazo qöllanilgan. Bu haqda 11-noyabr kuni ötkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar berdi Kursiv Uzbekistan muxbiri.
Bojxona qömitasi matbuot xizmati huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan bunday tekşiruvlar borligini rad etmadi.
«Bu böyiça men aniq ma’lumot bera olmayman. Tekşiruv bölyapti, buni rad eta olmayman. Ha, tekşiruv bölyapti», — dedi Tangriyev.
Şu bilan birga, u tekşiruvlarni Toşkent xalqaro aeroportida mobil qurilmalarni bojxona rasmiylaştiruvi vaqtinça töxtatilgani bilan töğridan töğri boğlaş notoğri ekanini ta’kidladi.
Şuningdek, öqing: Toşkent aeroportida telefonlarni bojxona rasmiylaştiruvi vaqtinça töxtatildi
Uning sözlariga köra, aeroportdagi vaziyat IMEI kodlarini özgartirişning yangi usullari paydo bölgani va bojxona xodimlarida bunday qurilmalarni mustaqil tekşiriş uçun yetarli maxsus bilim bölmagani sabab yuzaga kelgan.
«Bu holatlar aynan şu tekşiruv bilan boğliq holda amalga oşirilyapti deyiş notöğri. Mobil aloqa vositalarining IMEI kodlarini özgartiriş bilan boğliq yangi usullarda bojxona xodimlarining malakasi yetarli bölmagani sabab mutaxassis jalb qiliş zarurati yuzaga keldi», — dedi u.
29 xodim intizomiy jazolangan
Şuningdek, öqing: Arzon qurilmaga qimmat telefonning IMEI kodi kiritilgan — Bojxona qömitasi
Bojxona qömitasi ma’lumotiga köra, 2025–2026-yillarda mobil qurilmalar IMEI kodlarini noqonuniy röyxatdan ötkaziş holatlarini aniqlaş va oldini oliş böyiça tizimli içki nazorat işlari olib borilgan.
Şu davrda 21 ta xizmat tekşiruvi ötkazilgan. Aniqlangan qonunbuziliş va xizmat intizomiga rioya qilmaslik holatlari yuzasidan 29 nafar xodimga intizomiy jazo qöllanilgan.
«29 nafar xodimga intizomiy jazo çoralari qöllanilgan», — dedi Bojxona qömitasi vakili.
Bundan taşqari, 67 nafar xodim bilan yakka tartibdagi profilaktik suhbatlar ötkazilgan. Qömita vakillari ayrim bojxona xodimlariga nisbatan jinoyat işlari ham qözğatilganini ma’lum qildi.
Şuningdek, öqing: Toşkent aeroportida telefonlar böyiça vaqtinça çeklov bekor qilindi
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Jahon savdo taşkilotiga a’zo bölgandan söng mobil qurilmalar importiga bojxona boji stavkasi 0 foizga tuşirilişi haqida xabar berilgandi.