Fransiya issiqxonalarida özbekistonliklar uçun 9 ta vakansiya oçildi

Migratsiya agentligi Fransiyada qişloq xöjaligi sohasida mavsumiy işlaş istagida bölgan Özbekiston fuqarolari uçun yangi vakansiyalar e’lon qildi. Issiqxonada pomidor yetiştiriş böyiça 9 nafar işçi qabul qilinadi. Oylik maoş 1620 yevro nettoni taşkil etadi.
Vakansiyaga köra, iş 2027-yil yanvar oyida boşlanadi. Şartnoma muddati olti oy etib belgilangan. Iş vaqti haftasiga 35 soatni taşkil etadi. Xodimlarga oyiga 1620 yevro miqdorida sof iş haqi tölanadi.
Nomzodlarga qanday talablar qöyilgan
Vakansiyaga 30 – 45 yoşdagi erkaklar qabul qilinadi. Nomzod tegişli sohada kamida ikki yillik tajribaga ega bölişi va jismoniy mehnatga yaroqli bölişi kerak.
Viza xarajatlari Migratsiya agentligi tomonidan töliq qoplanadi. Aviaçipta xarajatlarining bir qismi ham agentlik tomonidan qoplab beriladi.
Arizalar 20-noyabrgaça qabul qilinadi
Nomzodlar «Xorijda iş» platformasida CV töldirganlar orasidan saralab olinadi. Anketani 20-noyabrga qadar töldiriş talab etiladi.
Vakansiya böyiça qöşimça ma’lumotni Migratsiya agentligining 1282 yoki 71 202-33-55 (545) raqamlari orqali oliş mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq özbekistonlik yoşlar Germaniyada öqib, işlaşi mumkinligi xabar qilingandi. Dastur davomida iştirokçilar nazariy ta’lim oladi, amaliy tajriba orttiradi va oyiga 1 400 – 1 560 yevro miqdorida tölov olişi mumkin.