Yangi Toşkent uchun alohida hokimlik taşkil etiladi

Yangi Toşkent şahrida alohida hokimlik taşkil etiladi. Bu haqda prezident farmonida belgilangan.
Yangi hokimlik qanday işlaydi?
Hujjatga köra, Yangi Toşkent şahrining ma’muriy-hududiy birlik sifatidagi maqomi belgilangunga qadar hokimlik maxsus huquqiy rejim asosida faoliyat yuritadi. Uning asosiy vazifalari hududni boşqariş, aholiga xizmat körsatiş, ijtimoiy soha hamda infratuzilma obyektlari faoliyatini taşkil etişdan iborat böladi.
Yangi hokimlikning boşqaruv apparatida 14 ta ştat birligi taşkil etiladi. Uning tarkibiga hokim, birinçi örinbosar, ikki nafar örinbosar, hokim yordamçisi, axborot xizmati rahbari, taşkiliy-nazorat guruhi, boş hisobçi, boş yuriskonsult va boşqa mutaxassislar kiradi.
Şuningdek, Yangi Toşkentda davlat organlari va taşkilotlarining hududiy bölinmalari taşkil etiladi. Ular uçun jami 30 ta boşqaruv ştat birligi ajratiladi.
Boş prokuratura, Içki işlar vazirligi, Adliya vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlarga bir oy içida yangi şaharda öz bölinmalarini şakllantiriş topşirilgan.
Hokimlik va davlat taşkilotlarining hududiy bölinmalari dastlab Yangi Toşkent loyihasining sobiq ofisi binosida bepul foydalaniş huquqi asosida joylaştiriladi. Ularning faoliyati, mahalliy budjetdan moliyalaştiriladigan taşkilotlar bundan mustasno, respublika budjeti hisobidan moliyalaştiriladi.
Vazirlar Mahkamasiga uç oy içida ilğor xorijiy tajribani örganib, Yangi Toşkentning ma’muriy-hududiy birlik sifatidagi maqomini belgilaş böyiça taklif kiritiş vazifasi yuklatilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan boş vazirga vazirlik va davlat taşkilotlarini Yangi Toşkentga köçiriş jarayonini boşlaş topşirilgani haqida xabar bergan edi. Yil oxirigaça yangi şaharda 20 ming xonadonni foydalanişga topşiriş va kamida 70 ming kişi uçun yaşaş şaroiti yaratiş rejalaştirilgan.