Demokrat.uz sobiq rahbari 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

eʼlon qilindi
Ular Toşkentdagi avtosalon egasidan pul talab qiliş bilan boğliq iş böyiça aybdor deb topilgan
Demokrat.uz sobiq rahbari 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
Foto: Toşkent şahar IIBB

Jinoyat işlari böyiça Mirobod tumani sudi Demokrat.uz internet-naşrining sobiq rahbari Mehmonov Fazlidinxonni 10-yil 3-oyga, bloger Ğoipnazarov Azizni esa 10-yil 1-oyga ozodlikdan mahrum qildi. Ular Toşkentdagi avtosalon egasidan pul talab qiliş bilan boğliq iş böyiça aybdor deb topilgan.

Sud hukmiga köra, Mehmonov Fazlidinxon tovlamaçilik, firibgarlik va qurolning noqonuniy muomalasi bilan boğliq jinoyatlarda aybdor deb topilgan. Ğoipnazarov Aziz esa tovlamaçilikda aybdor deb topildi.

Har ikki şaxs jazoni umumiy tartibli koloniyada ötaşi belgilangan. Şuningdek, Mehmonovdan jabrlanuvçiga yetkazilgan moddiy zararni undiriş töğrisida qaror qabul qilingan. Avtosalon egasidan $50 ming talab qilingani aytilgan Jinoyat işi 2026-yil fevral oyida qözğatilgan.

Toşkent şahar IIBB ma’lumotiga köra, 2025-yil dekabrida Ğoipnazarov Aziz Sergeli tumanidagi avtosalon faoliyati haqida internetda videorolik e’lon qilgan.

Huquqni muhofaza qiluvçi organlar versiyasiga köra, şundan söng u Demokrat.uz rahbari bilan birga tadbirkordan videoni öçiriş va avtosalon işçanlik obrösiga zarar yetkazişi mumkin bölgan boşqa materiallarni e’lon qilmaslik evaziga $50 ming talab qilgan.

$17 ming olayotganda uşlangan

Huquqni muhofaza qiluvçi organlarning ma’lumotiga köra, 29-yanvar kuni Fazlidinxon jabrlanuvçidan $3 ming olgan. 10-fevral kuni esa yana $17 ming olayotgan vaqtda uşlangan.

Eslatib ötamiz, avvalroq begona qizni haqoratlagan Feruza Normatovaga jinoyat işi oçilgani haqida xabar berilgandi. Qizning murojaatidan söng blogerga nisbatan jinoyat işi qözğatildi. Dastlabki ma’lumotlarga köra, Normatova bu harakatni obunaçilari sonini oşiriş maqsadida qilganini tan olgan.

Shuningdek