1 mln sömlik yordam va kommunal kompensatsiyalar kimlarga beriladi

eʼlon qilindi
2026 – 2027-yilgi isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy yordam, elektr energiyasi, tabiiy gaz, kömir va suyultirilgan gaz xarajatlari böyiça kompensatsiyalar beriladi
Foto: Freepic

2026 – 2027-yilgi isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy yordam, elektr energiyasi, tabiiy gaz, kömir va suyultirilgan gaz xarajatlari böyiça kompensatsiyalar beriladi. Bu prezidentining tegişli farmonida nazarda tutilgan.

1 mln sömlik yordam kimlarga beriladi

Joriy yil noyabr oyida 1 mln dan ortiq oilaga 1 mln sömdan bir martalik moddiy yordam tölaş rejalaştirilgan. Yordam quyidagi toifalarga beriladi:

  • Ijtimoiy reyestrga kiritilgan 546 ming oila;
  • reyestrda bölmagan, biroq unga kiriş mezonlariga mos keladigan va oila a’zolarining örtaça bir oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlarining 2 baravaridan oşmaydigan 273 ming oila;
  • özgalar parvarişiga muhtoj yolğiz yaşovçi keksalar va nogironligi bölgan şaxslar reyestridagi 23 ming fuqaro;
  • yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bolalar yaşayotgan 4,3 ming oila;
  • markazlaşgan isitiş tizimiga ulangan köp qavatli uylarda yaşovçi 171 ming oila. Toşkent şahrida ular uçun daromad mezoni iste’mol xarajatlarining 3 baravarigaça, boşqa hududlarda esa iste’mol xarajatlarining 2 baravarigaça etib belgilangan.

Bundan taşqari, daromadi belgilangan mezondan yuqori bölgan ayrim oilalar ham tuman va şahar ştablari qarori bilan röyxatga kiritilişi mumkin. Tölovlar joriy yil 30-noyabrga qadar ijtimoiy karta yoki bank kartalariga ötkazilişi kerak.

Kommunal xarajatlar böyiça kompensatsiya kengaytiriladi

Elektr energiyasi va tabiiy gaz böyiça kompensatsiya oliş uçun daromad mezoni kengaytiriladi. Oila daromadi minimal iste’mol xarajatlarining 1,5 baravaridan emas, endi 2 barobarigaça bölgan hollarda kompensatsiya oliş mumkin böladi. Uşbu tartib 2028-yil 1-aprelgaça amal qilişi belgilangan.

Tabiiy gaz yetib bormaydigan yoki gaz ta’minoti qiyin hududlarda isitiş mavsumida elektr energiyasining bazaviy me’yorini 200 kVt·soatdan 350 kVt·soatgaça oşiriş ham nazarda tutilgan.

Kömir xarajatlari böyiça kompensatsiya ham ikki baravar oşiriladi. Har bir oilaga yil davomida 1 tonna kömir uçun 300 ming söm, jami esa yiliga 600 ming sömgaça kompensatsiya tölanadi. Buning uçun kömir mycoal.uz orqali xarid qilinişi va söng ijtimoiy xodim, «Inson» markazi yoki my.gov.uz orqali ariza berilişi kerak.

Suyultirilgan gaz uçun oyiga 60 ming sömgaça

2026-yil 15-noyabrdan aholi uçun suyultirilgan gaz narxi 1 kilogramm uçun 5 ming söm etib belgilanadi. Xarid qilingan har bir kilogramm uçun 3 ming söm kompensatsiya beriladi, biroq bu bir oyda köpi bilan 20 kilogrammga tatbiq etiladi.

Şunday qilib, bir oila oyiga suyultirilgan gaz uçun 60 ming sömgaça kompensatsiya olişi mumkin. Eng muhim jihati, kompensatsiya bir marta tayinlangandan keyin, şartlar özgarmasa, har oy qayta ariza beriş talab qilinmaydi.

Shuningdek