Toşkentda Sergeli va Yunusobod tumanlari tezkor avtobus yölagi bilan boğlanadi

eʼlon qilindi
BRT yölagi törtta yirik köçani qamrab oladi
Shota Rustaveli
Foto: prezident matbuot xizmati

Toşkentda Sergeli va Yunusobod tumanlarini boğlaydigan 22,7 kilometrlik tezkor avtobus yölagi – BRT tizimi bosqiçma-bosqiç taşkil etilmoqda. Loyiha doirasida avtobuslar uçun maxsus yölaklar, yangi bekatlar va svetoforlarning «yaşil tölqin» tizimi joriy etiladi.

BRT yölagi törtta yirik köçani qamrab oladi

Rejaga köra, BRT yölagi Şota Rustaveli, Şahrisabz, Amir Temur şoh va Yangi Sergeli köçalari orqali ötadi. Şota Rustaveli köçasidagi 6,5 kilometrlik yönaliş 2025-yildan buyon işlamoqda.

Şahrisabz köçasida BRT yölagining 2,2 kilometrlik qismi foydalanişga topşirilgan. Umumiy 3,2 kilometrlik yönalişning qolgan qismida işlar davom etmoqda.

Amir Temur şohköçasida 7,6 kilometrlik BRT infratuzilmasini taşkil qiliş işlari boşlangan. Yangi Sergeli köçasidagi 5,5 kilometrlik qismda esa tayyorgarlik işlari olib borilmoqda.

Bekatlar va svetoforlar yangilanadi

BRT tizimi faqat avtobuslar uçun alohida yölakdan iborat bölmaydi. Yölak böylab yangi bekat va platformalar quriş, avtobuslar sonini köpaytiriş hamda qatnov jadvallarini optimallaştiriş rejalaştirilgan.

Şuningdek, svetoforlar yangilanib, keyingi bosqiçda «yaşil tölqin» tizimi joriy etiladi. Bekatlarda avtobuslarning keliş vaqtini körsatuvçi elektron tablolar, videokuzatuv kameralari va SOS tugmalari örnatiladi. Köça yoritiş tizimlari ham yangilanadi.

Şota Rustavelida avtobuslar tezligi 45 foizga oşgan

Transport vazirligi ma’lumotiga köra, Şota Rustaveli köçasida 2026-yilgi körsatkiçlar 2023-yil bilan taqqoslanganda avtobuslarning örtaça harakat tezligi 45 foizga oşgan.

Yengil avtomobillarning örtaça tezligi ham 18 foizga köpaygan. Jamoat transportidan foydalanuvçilar soni esa kuniga 8 ming nafarga oşgan.

Toşkentda qariyb 3,2 mln kişi istiqomat qiladi va şaharda 640 mingga yaqin şaxsiy avtomobil röyxatdan ötgan. 15-sentabr kuni poytaxt avtobuslari bir kunda rekord darajadagi 1,52 mln yölovçini taşigan. Bir kun avval metrodan 1,17 mln yölovçi foydalangan.

Transport vazirligi ma’lumotiga köra, Toşkentda 142 ming nafar fuqaro şaxsiy avtomobil va taksidan jamoat transportiga ötgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkentda yana 17,9 km BRT yölaklari qurilişi haqida xabar berilgandi. Unga köra, yangi avtobus yölaklarini taşkil etiş uçun Toşkentning törtta hududidagi köçalar tanlangan. 

Shuningdek