Navoiyning sobiq hokimi vafot etdi

Navoiy viloyatining sobiq hokimi, davlat va jamoat arbobi Bahriddin Röziyev 11-noyabr kuni 76 yoşida vafot etdi. Prezident Şavkat Mirziyoyev marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Bahriddin Röziyev kim edi
Bahriddin Murtazayeviç Röziyev 1950-yil 23-avgustda Qaşqadaryo viloyatining Çiroqçi tumanida tuğilgan. U mehnat faoliyatini Karmana tumanidagi yöl qurilişi birlaşmasida avtoçilangar sifatida boşlagan. Işlab çiqarişdan ajralmagan holda Toşkent politexnika institutida muhandis-mexanik mutaxassisligi böyiça tahsil olgan. Keyinçalik Moskva ijtimoiy fanlar akademiyasida öqigan.
Röziyev Navoiy viloyatida yoşlar taşkilotlari va turli boşqaruv idoralarida mas’ul lavozimlarda işlagan. Mustaqillikning dastlabki yillarida Navoiy viloyati gazlaştiriş boşqarmasi hamda hududiy kommunal foydalaniş boşqarmasiga rahbarlik qilgan. Şuningdek, Konimex tumani hokimi bölib işlagan.
Navoiy viloyatini boşqargan
Bahriddin Röziyev 2002-yilda Navoiy viloyati hokimi etib tayinlangan. U viloyat rahbari sifatida hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişi, sanoat va işlab çiqarişni kengaytiriş, investitsiyalar jalb qiliş, fermerlik harakatini rivojlantiriş hamda eksport imkoniyatlarini oşiriş yönalişlarida faoliyat olib borgan.
Röziyev rahbarligi davrida «Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasini taşkil etiş hamda Navoiy xalqaro aeroporti negizida xalqaro logistika markazini barpo etiş loyihalarida ham iştirok etgan.
Keyingi yillarda u faxriylar taşkiloti a’zosi sifatida jamoat işlarida qatnaşib, yoşlarni tarbiyalaş va turli sohalarni rivojlantirişga oid tadbirlarda qatnaşgan. Prezident matbuot xizmati Bahriddin Röziyevni samimiy va kamtarin inson, yoşlarning ustozi sifatida ta’riflab, uning xotirasi doimo saqlanib qolişini qayd etgan.
Avvalroq Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi taniqli jurnalist, «Özbekiston 24» telekanali şarhlovçisi Ozod Hamidxöjayev vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgandi.