Nurmagomedov BAAdagi janjal ortidan qamoqqa olindi

eʼlon qilindi
Nurmagomedov va mojaro iştirokçilari söroq qilinmoqda
Foto: Championat.com

Rossiyalik MMA jangçisi, PFL yengil vazn çempioni Usman Nurmagomedov Abu-Dabida sobiq UFC çempioni Merab Dvalişvili bilan yuz bergan mojaro ortidan 12 soatdan ortiq vaqt davomida politsiya qölida qolmoqda. U bilan birga janjalning boşqa iştirokçilari ham uşlab turilgan. Bu haqda TASS xabar berdi.

Nurmagomedov va mojaro iştirokçilari söroq qilinmoqda

Ma’lumotlarga köra, Usman Nurmagomedov va mojaroning boşqa iştirokçilari Abu-Dabida huquq-tartibot idoralari tomonidan uşlab turilgan. Jangçining jamoasiga advokat taşrif buyurgan.

Mojaro 11-noyabr kuni Abu-Dabidagi mehmonxona lobbisida yuz bergan. Öşa vaqtda Dvalişvili RAF turniri oldidan intervyu berayotgan bölgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda Nurmagomedov Dvalişvilining oldiga borib, unga şapaloq urgani, şundan söng ikki tomon vakillari örtasida janjal boşlanganini köriş mumkin. Dvalişvili esa Nurmagomedov va uning atrofidagilar uni hamda şerigini urganini iddao qilgan.

Hozirça Abu-Dabi huquq-tartibot idoralari yoki Nurmagomedov jamoasidan mojaro yuzasidan rasmiy izoh berilmagan.

Mojaroga Dvalişvili va Nurmagomedovlar örtasidagi eski raqobat ham sabab bölgan

Dvalişvili va Nurmagomedovlar oilasi örtasidagi ziddiyat avvaldan davom etib keladi. 2025-yil yanvarida Merab Dvalişvili Usmonning akasi Umar Nurmagomedov bilan jang qilib, ğalaba qozongan va UFC çempionlik kamarini himoya qilgan.

2026-yil iyulida esa Dvalişvili va Umar Nurmagomedovning maşğulot şerigi Ahmad Gajimagomedov örtasida ham mojaro yuz bergan. Usman Nurmagomedov 28 yoşda. U PFL yengil vazn çempioni bölib, faoliyatida mağlubiyatga uçramagan – 22 ta ğalabasi bor.

Avvalroq UFC sobiq çempioni Habib Nurmagomedov Kriştianu Ronalduning Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagani haqidagi xabarga munosabat bildirgandi.

Shuningdek