Honor 700 yurak urişi va qondagi kislorod darajasini ölçaydi

eʼlon qilindi
Ölçaş uçun barmoqni sensorlarga qöyiş kerak
Honor 700 yurak urişi va qondagi kislorod darajasini ölçaydi
Foto: Honor

Honor kompaniyasi 700 seriyali smartfonlarda yurak urişi tezligi va qondagi kislorod miqdorini ölçaş imkonini beradigan yangi funksiyani taqdim etdi. Buning uçun foydalanuvçi barmoğini smartfonning orqa kamerasidagi maxsus sensorlarga qöyişi kifoya, deb xabar berdi Huawei Central.

Kompaniya yangi funksiyani Heartbeat Detective deb nomlagan. Undan foydalaniş uçun körsatkiç barmoqni asosiy kamera blokidagi LED çaqnoq ostida joylaşgan ikkita sensorga qöyiş kerak.

Şundan söng smartfon yurak urişi signallarini qayd etib, puls va qondagi kislorod miqdorini – SpO2 körsatkiçini aniqlaydi. Natijalar qurilmaning orqa qismidagi qöşimça ekranda körsatiladi.

Avval bunday imkoniyatlar asosan aqlli soatlar va fitnes-bilaguzuklarda uçrar edi. Honor uçun esa bu salomatlik körsatkiçlarini bevosita smartfonda ölçaş imkonini beradigan ilk qurilmalar seriyasi böladi.

Orqa ekranda boşqa funksiyalar ham böladi

Honor 700 seriyasining qöşimça orqa ekrani yurak urişi va SpO2 körsatkiçlaridan taşqari mini-öyinlar, sun’iy intellektga asoslangan funksiyalar va foydalanuvçi stikerlarini ham qöllab-quvvatlaydi.

Honor 700 seriyasining rasmiy taqdimoti 13-noyabr kuni ötkazilişi rejalaştirilgan. Seriyaga Honor 700, Honor 700 Pro va Honor 700S modellari kirişi kutilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq oddiy smartfon bilan kosmosdan turib ham Yer bilan gaplaşiş mumkinligi haqida xabar berilgandi. AQŞning AT&T telekommunikatsiya kompaniyasi va AST SpaceMobile kosmik kompaniyasi mobil aloqa tarixida ilk bor yerusti tarmoği bilan töğridan töğri smartfonlarga xizmat körsatuvçi sun’iy yöldoş tarmoği örtasida uzluksiz almaşuvni namoyiş etdi.

Shuningdek