Madaniyat va san’at loyihalariga 1,5 mlrd sömgaça grant ajratiladi

Özbekistonda madaniyat va san’at sohasidagi loyihalarni qöllab-quvvatlaş uçun tanlov asosida grant ajratiş tartibi tasdiqlandi. Tegişli nizom Madaniyat vazirining 2026-yil 28-oktabrdagi buyruği bilan qabul qilindi.
Grantlar Madaniyat vazirligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablağlar hisobidan moliyalaştiriladi.
Tanlov teatr, sirk, musiqa, raqs, nomoddiy madaniy meros, kino va animatsiya, madaniyat ta’limi, adabiyot, inklyuziv va ijtimoiy loyihalar, startaplar, ijodiy loyihalar, innovatsiyalar, sun’iy intellekt hamda raqamlaştiriş kabi yönalişlarda ötkaziladi.
Yönalişlarga qarab umumiy grant limiti 1 mlrd sömdan 1,5 mlrd sömgaça belgilanadi.
Tanlovda OneID orqali maxsus platformada röyxatdan ötgan rezident nodavlat yuridik şaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, özini özi band qilgan şaxslar va ijodiy jamoalar qatnaşişi mumkin. Nodavlat notijorat taşkilotlari uçun esa mazkur tartib qöllanilmaydi.
Har bir ariza beruvçi faqat bitta yönalişda qatnaşa oladi. Tanlovda iştirok etiş bepul.
Arizalar 30 kun davomida qabul qilinadi
Arizalar tanlov e’lon qilingan kundan boşlab 30 kalendar kun davomida elektron platforma orqali qabul qilinadi. Hujjatlarda tuzatiş mumkin bölgan kamçiliklar aniqlansa, ariza beruvçiga ularni bartaraf etiş uçun beş iş kuni beriladi.
Loyihalar komissiya a’zolari tomonidan mustaqil baholanadi. Kamida 60 ball töplagan loyihalar reyting asosida va mavjud mablağlar doirasida moliyalaştirişga tavsiya etiladi.
Grant mablaği bosqiçma-bosqiç beriladi
Tanlov ğolibi bilan natijalar e’lon qilinganidan keyin 10 iş kuni içida şartnoma tuziladi. Odatda grant mablağining 50 foizi dastlabki tranş sifatida beriladi. Qolgan 25 foizdan ikki qism loyiha samaradorlik körsatkiçlari bajarilib, oraliq hisobotlar tasdiqlangandan söng ötkaziladi.
Olti oygaça davom etadigan loyihalar uçun grant mablaği töliq miqdorda ham ajratilişi mumkin.
Tanlov natijalaridan norozi iştirokçi 10 kun içida apellyatsiya şikoyati berişi mumkin. Apellyatsiya komissiyasi qaroridan norozi bölgan taqdirda sudga murojaat qiliş huquqi saqlanib qoladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq «Özbekfilm» hududida kino şaharçasi taşkil etilişi haqida xabar berilgandi.