Qamoqdagi Maduro Qur’onni öqimoqda

AQŞ tomonidan qölga olingan Venesuelaning sobiq prezidenti Nikolas Maduro Bruklindagi qamoqxonada diniy va falsafiy asarlarni örganmoqda. U qamoqxona ruhoniylari, jumladan, katolik ruhoniysi va ravvin bilan ham uçraşgan. Bu haqda The New York Times naşri xabar berdi.
Naşr suhbatlaşgan, Maduroning qamoqdagi hayotidan xabardor olti kişining aytişiça, sobiq prezident böş vaqtining katta qismini diniy matnlarni öqişga sarflamoqda. U Bibliya va Qur’onni ham mutolaa qilmoqda.
Maduro yahudiy ajdodlari haqida gapirgan
Maduro avval ham özida yahudiy ajdodlari borligini aytgan. Uning ta’kidlaşiça, ajdodlari ötgan asrda Niderlandiya Antil orollaridan Venesuelaga köçib kelgan sefard yahudiylari jamoasiga mansub bölgan.
Biroq unga yaqin kişilarning sözlariga köra, Maduro qölga olinguniga qadar yahudiylik diniga alohida qiziqiş bildirmagan. U prezidentlik davrida mamlakatdagi evangelist xristianlar orasida ham siyosiy qöllab-quvvatlovçilarni jalb qilişga uringan. Katolik sifatida tanilgan Maduro özining sotsialistik qaraşlarini qöllab-quvvatlagan ruhoniy bilan yaqin munosabatda bölgan.
Şuningdek, Maduro, uning rafiqasi Siliya Flores va uning örnini egallagan Delsi Rodriges hindistonlik ruhiy ustoz Sathya Sai Baba ta’limotiga ergaşgan.
Sobiq prezident qamoqda ozib ketgan
63 yoşli Maduro Bruklindagi Metropolitan qamoqxonasida saqlanmoqda. Muassasada taxminan 1,3 ming mahbus bor. U ilgari Sean Combs, Sem Benkman-Frid va Luidji Manjone kabi şov-şuvli işlar böyiça hibsga olingan şaxslar saqlangan bölimda joylaştirilgan.
Maduro kelasi yili AQŞga minglab tonna kokain olib kirilişiga kömaklaşganlik kabi ayblovlar böyiça sud qilinişi kutilmoqda. U va uning rafiqasi özlariga qöyilgan ayblovlarni tan olmagan.
Qamoqdagi suhbatdoşlarga köra, Maduro sönggi oylarda ança ozgan va ovqat sifatidan şikoyat qilgan. U qölga olinguniga qadar toş davri odamlari ovqatlaniş tarziga taqlid qiluvçi paleo-parhezga amal qilgan. Qamoqdagi ovqat sifati esa vazn yöqotiş jarayonini tezlaştirgan bölişi mumkin.
Maduroning rafiqasi Siliya Floresning soğliği ham taşviş uyğotmoqda. Sud hujjatlariga köra, u qölga olingan paytda baçadonini olib taşlaş operatsiyasidan keyin tiklanayotgan bölgan. Keyinçalik kökrak qafasidagi oğriqlar sabab nitroglitserin qabul qilgan, ikki tişini va 11 kilogrammdan ortiq vaznini yöqotgan.
Flores uç oy davomida yakka tartibda saqlangan. Uning advokatlari iyul oyida yengil yurak xuruji bölgan bölişi mumkinligini taxmin qilgan. U ozodlikka çiqarişni sörab murojaat qilgan, biroq sud bu iltimosni rad etgan.
Avvalroq Venesuelaning sobiq prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Flores AQŞda qiynoqlar uyuştirişga til biriktirişda ayblangandi.