UzAuto Motors Onix örindiqlari yuzasidan izoh berdi

eʼlon qilindi
Örindiqlar xalqaro standartlar asosida sinovdan ötkazilgan
Foto: Ironhorse.ru

Ijtimoiy tarmoqlarda Chevrolet Onix avtomobili örindiği içki karkasida profilli quvur işlatilgani muhokama qilinmoqda. UzAuto Motors mazkur elementlar konstruksiyada nazarda tutilganini va örindiqlar zarur sinovlardan ötganini ma’lum qildi.

Kompaniya bayonotiga köra, profilli quvurlar va metall çiviqlar örindiq karkasining konstruktiv elementlari hisoblanadi. Ularning ölçamlari va materiallari tasdiqlangan konstruktorlik hujjatlari hamda texnik talablarga mos keladi.

Örindiqlar xalqaro standartlar asosida sinovdan ötkazilgan

UzAuto Motors Chevrolet Onix örindiqlari General Motors xalqaro standartlariga muvofiq barça zarur sinovlardan ötganini bildirdi. Şuningdek, mahsulot belgilangan validatsiya va sertifikatlaştiriş jarayonlaridan ham ötkazilgan.

Foto: UzAuto Motors

Kompaniya profilli quvurning işlatilişi öz-özidan mahsulotda nuqson borligini anglatmasligini ta’kidladi. Uning izohiga köra, karkasning ayrim qismlari taşqi körinişiga qarab örindiqning umumiy sifati va xavfsizligi haqida xulosa çiqarib bölmaydi.

Bayonotda yaşirin metall elementlarni dekorativ böyaş texnik talablarda közda tutilmagani ham qayd etilgan.

Avvalroq Chevrolet Onix va Tracker avtomobillarida tormoz kolodkalarining holatini har 5 000 kilometrda tekşiriş tavsiya etilgandi.

Shuningdek