Buxoro NQIZ quvvati 4,6 mln tonnagaça oşiriladi

Buxoro neftni qayta işlaş zavodining yillik neft mahsulotlari işlab çiqariş hajmini 2,1 mln tonnadan 4,6 mln tonnagaça oşiriş rejalaştirilmoqda. Buning uçun qiymati $1,8 mlrd bölgan loyihani amalga oşiriş közda tutilgan. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyevga taqdimot çoğida ma’lum qilindi.
1997-yilda işga tuşirilgan zavod hozir yiliga 2,5 mln tonna neft va gaz kondensatini qayta işlaş quvvatiga ega. Korxonada 3,2 mingdan ziyod kişilar işlaydi.
Zavodda $328 mlnlik loyiha amalga oşiriladi
Zavodni modernizatsiya qilişning birinçi bosqiçida qiymati $328 mln bölgan loyiha amalga oşiriladi. U orqali Yevro-5 ekologik standartiga javob beradigan AI-92 va AI-95 rusumli avtobenzin işlab çiqariş yölga qöyiladi.
Loyiha doirasida mavjud texnologik jarayonlar takomillaştirilib, yangi işlab çiqariş qurilmalari barpo etiladi. Natijada yiliga 1,1 mln tonna Yevro-5 standartidagi avtobenzin işlab çiqariş imkoniyati yaratiladi.
Şuningdek, import qilinadigan yoqilği qöşimçalari xarajatlaridan yiliga $150 mln gaça mablağ tejaş va 200 ta yangi iş örni yaratiş kutilmoqda. Loyihani 2029-yilning ikkinçi çoragida işga tuşiriş rejalaştirilgan.
$1,8 mlrdlik yangi loyiha quvvatni oşiradi
Zavodning işlab çiqariş quvvatlarini kengaytiriş böyiça yana bir istiqbolli loyiha qiymati $1,8 mlrd deb baholanmoqda. Unda zamonaviy neftni qayta işlaş va neft-kimyo texnologiyalarini joriy etiş hamda yangi texnologik qurilmalar barpo etiş közda tutilgan.
Loyiha amalga oşirilgaç, zavodda işlab çiqariladigan neft mahsulotlarining yillik hajmi 4,6 mln tonnaga yetişi mumkin. Şundan:
- avtobenzin – 2,7 mln tonna;
- dizel yonilğisi – 1,24 mln tonna;
- aviakerosin – 500 ming tonna.
Bundan taşqari, benzol va boşqa neft-kimyo mahsulotlarini işlab çiqariş, xomaşyoni çuqur qayta işlaş orqali qöşilgan qiymatni oşiriş imkoniyatlari kengayadi.
Quriliş işlarini 2028-yilda boşlaş rejalaştirilgan. Loyihada Xitoy, Fransiya, AQŞ va Ozarbayjonning yetakçi texnologik kompaniyalari bilan hamkorlik qiliş közda tutilmoqda.
Zavodning 2026-yilgi körsatkiçlari
Joriy yilning yanvar – sentabr oylarida Buxoro neftni qayta işlaş zavodida 1,5 mln tonnadan ziyod xomaşyo qayta işlanib, qariyb 1,5 mln tonna neft mahsulotlari işlab çiqarilgan. Korxonaning sof foydasi 2,2 trln sömni taşkil qilgan.
Yil yakunigaça xomaşyoni qayta işlaş hajmini 2,17 mln tonnaga, neft mahsulotlari işlab çiqarişni esa 2,12 mln tonnaga yetkaziş rejalaştirilgan.
Avvalroq Buxoro neftni qayta işlaş zavodini 328 million dollarga modernizatsiya qiliş rejalaştirilayotgani haqida xabar berilgandi.