Özbekistonda 15-16 yoşli onalar ham bor — röyxatga oliş natijalari

Özbekistonda 15 – 19 yoşdagi farzand körgan ayollarning 76,7 foizi bir nafar farzandli ekani ma’lum böldi. Bu haqda Milliy statistika qömitasi 13-noyabr kuni aholini röyxatga oliş natijalariga bağişlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Kursiv Uzbekistan muxbiri.
Qömita ma’lumotlariga köra, mamlakatda 15 yoş va undan katta, farzand körgan ayollar soni 10,5 mln nafardan oşgan. Ularning eng katta qismi 30 – 34 yoşdagilarga töğri keladi. Uşbu yoş guruhidagi farzandli ayollar soni 1,4 mln nafarni taşkil etgan.
15 – 19 yoşdagi farzandli ayollarning 76,7 foizi bir nafar farzand körgan. Biroq qömita taqdim etgan ma’lumotlarda uşbu yoş guruhidagi onalarning umumiy soni va ularning qançasi 18 yoşga tölmasdan farzand körgani oçiqlanmagan.
Özbekistonda uç farzandli ayollar köpçilikni taşkil etmoqda
Röyxatga oliş natijalariga köra, mamlakatda uç farzand körgan ayollar soni 3,3 mln nafarga yetgan. Bu jami farzandli ayollarning 31,1 foizini taşkil etadi.
Ikki farzandli ayollar soni 2,9 mln nafar (27,5%), bir farzandlilar 1,7 mln nafar (16,6%), tört farzandlilar esa 1,7 mln nafar (16%) bölgan. Beş va undan ortiq farzand körgan ayollar soni 922 ming nafarni taşkil etgan.
1989-yil bilan taqqoslaganda, beş va undan ortiq farzand körgan ayollar uluşi 35,7 foizdan 8,8 foizgaça kamaygan. Uç farzandli ayollar uluşi esa 15,2 foizdan 31,1 foizgaça oşgan.
Özbekistonda nikoh yoşi
Özbekiston Oila kodeksining 15-moddasiga muvofiq, erkaklar va ayollar uçun nikoh yoşi 18 yoş etib belgilangan.
Qonunçilikda ayrim istisnolar ham mavjud. Homiladorlik, bola tuğilişi yoki voyaga yetmagan şaxsning töla muomalaga layoqatli deb e’lon qilinişi kabi uzrli sabablar bölsa, tuman yoki şahar hokimi nikoh yoşini köpi bilan bir yilga kamaytirişi mumkin. Bunday holatlarda 17 yoşdan rasmiy nikohga kirişga ruxsat beriladi.
Şuningdek, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 47³-moddasida nikoh yoşi haqidagi qonunçilikni buzganlik uçun jarimalar nazarda tutilgan. Jumladan, nikoh yoşiga yetmagan şaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirişiş hamda voyaga yetmagan farzandni qonunda belgilangan nikoh yoşiga yetmasdan turmuşga beriş yoki uylantiriş uçun javobgarlik belgilangan.
Avvalroq Özbekistonda 2026-yil 15-yanvar holatiga doimiy aholi soni 39 mln 47 ming 321 kişini taşkil etgani haqida xabar berilgandi.