«Ipoteka-bank»ning töqqiz oylik foydasi 56 foizga oşdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bosh muharrir o‘rinbosari
Kursiv Uzbekistan uşbu natijaning sabablarini örgandi
Foto: «Ipoteka-bank»

«Ipoteka-bank» OTP Group’da sof foyda aktivlardan köra tezroq ösdi. 2026-yilning yanvar – sentabr oylarida bankning sof foydasi 56% ga, aktivlari esa 16% ga oşdi. Bu bankning MHXS böyiça hisobotida keltirilgan.

Töqqiz oy yakunida «Ipoteka-bank» OTP Group sof foydasi 1,8 trln söm ($151 mln)ga yetdi.

Bankning jami aktivlari yiliga 16% ga oşib, 57,9 trln sömni taşkil etdi. E’lon qilingan ösiş sur’atidan kelib çiqilsa, 2025-yilning şu davrida aktivlar qariyb 49,9 trln söm bölgan.

Şu bilan birga, operatsion foyda 39% ga oşib, taxminan 1,6 trln sömdan 2,2 trln sömga yetdi.

Foydaning ösişiga nima sabab böldi

OTP Group’ning joriy yil 11-noyabrda e’lon qilingan hisobotida Ipoteka bank foydasining ösişiga ta’sir qilgan asosiy omillar keltirilgan. Qayd etilişiça, kreditlaş hajmining köpayişi, sof foiz marjasining yaxşilanişi va komissiya daromadlarining oşişi asosiy omil böldi.

Sof foiz marjasining yaxşilanişiga depozit stavkalarining pasayişi, iste’mol kreditlari hajmining köpayişi va kreditlar böyiça örtaça foiz stavkasining oşişi yordam berdi. Valyuta operatsiyalari va mol-mulk sotuvlaridan olingan daromadlar ham qöşimça hissa qöşdi.

Avtokreditlaş ham ösiş drayverlaridan biri böldi. Mahalliy hamkor bilan hamkorlik hisobiga bankning bu bozordagi uluşi 2025-yil oxiridagi 4,9% dan 2026-yil sentabr oxiriga kelib 9,1% ga yetdi.

Kredit xavfi bilan boğliq xarajatlarning kamayişi ham moliyaviy natijalarga ijobiy ta’sir körsatdi. Şu bilan birga, bankning operatsion xarajatlari oşdi. Bunga xodimlar, kreditlarni rasmiylaştiriş, marketing va axborot texnologiyalariga sarflar köpaygani sabab böldi.

Kredit portfeli sifatini oşiriş

Daromadlar oşişi bilan birga, «Ipoteka-bank» samaradorlik körsatkiçlarini ham yaxşiladi. 2026-yilning töqqiz oyi yakunida öz kapitali rentabelligi (ROE) 25,2% ni taşkil etdi. Bir yil avval bu körsatkiç 20,4% edi. Şunday qilib, ROE 4,8 foiz punktga oşdi.

Aktivlar rentabelligi (ROA) 3,2% dan 3,4% ga kötarildi, kapital yetarliligi koeffitsiyenti (CAR) esa hisobot davri yakunida 21,1% ga yetdi.

Risk qiymati (COR) ham yaxşilandi. 2025-yilning töqqiz oyida bu körsatkiç 0,7% ni taşkil etgan bölsa, 2026-yilda bank ma’lumotiga köra, minus 0,6% gaça pasaydi.

OTP Group hisobotida kredit xavfi bilan boğliq xarajatlar ötgan yilning şu davriga nisbatan forint hisobida 23% ga kamaygani ham qayd etilgan.

Kredit portfeli sifati ham yaxşilandi. MHXS 9 böyiça kredit xavfi sezilarli darajada oşganini körsatuvçi ikkinçi bosqiçdagi kreditlar uluşi 14,7% dan 9,2% ga, uçinçi bosqiçdagi kreditlar uluşi esa 14,2% dan 13,7% ga kamaydi.

Xizmat sifati yaxshilandi, rivojlanish davom etmoqda

«Ipoteka-bank» OTP Group moliyaviy natijalardagi ösişni mijozlarga xizmat körsatiş sifati yaxşilangani bilan ham boğlamoqda.

Uçinçi çorak yakunlariga köra, Mystery Shopping tekşiruvlarida bank bölimlaridagi xizmat sifati 93% ga yetgan. Mystery Calling usuli böyiça kontakt-markaz faoliyati esa 92,7% ga baholangan.

Mijozlarning bankni boşqalarga tavsiya qilişga tayyorligini körsatuvçi NPS indeksi bir yil içida 58% dan 74% ga oşgan.

«Ipoteka-bank» OTP Group boşqaruvi raisi Adam Sentpyeteri moliyaviy natijalarni şarhlar ekan, erişilgan yutuqlar mijozlar işonçi hamda bank mahsulotlari va içki jarayonlarni takomillaştiriş yölida xodimlarning birgalikdagi mehnati samarasi ekanini ta’kidladi.

Töqqiz oylik natijalar «Ipoteka-bank» OTP Group’dagi transformatsiya davom etayotganini körsatadi. Bank kreditlaşni kengaytiriş, daromad manbalarini köpaytiriş va risklarni boşqariş tizimini takomillaştirişni bir vaqtning özida davom ettirmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Ipoteka-bank» qanday qilib mamlakatdagi eng daromadli banklardan biriga aylanganini tahlil qilgan edi. Materialda bankdagi transformatsiya, kredit portfeli sifatining yaxşilanişi qanday ta’sir körsatgani körib çiqilgan.

Shuningdek