Özbekiston FIFA reytingida ikki poğona pastladi

Özbekiston milliy futbol terma jamoasi Rossiyaga qarşi örtoqlik uçraşuvida 2:3 hisobida mağlub bölganidan söng FIFAning jonli reytingida ikki poğona pastlab, 61-öringa tuşdi.
Özbekiston qança reyting oçkosini yöqotdi?
12-noyabr kuni Toşkentdagi «Paxtakor» stadionida ötkazilgan uçraşuvda Fabio Kannavaro boşçiligidagi Özbekiston terma jamoasi 2:0 hisobida oldinda borayotganiga qaramay, Rossiyaga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Natijada Özbekiston 3,86 reyting oçkosini yöqotdi. Jamoaning umumiy oçkolari 1412,75 tani taşkil etib, jonli reytingdagi örni 59-poğonadan 61-poğonaga tuşdi.
Rossiya terma jamoasi esa ğalaba evaziga 3,86 oçko qölga kiritdi. Valeriy Karpin boşçiligidagi jamoaning umumiy körsatkiçi 1537,45 balldan 1541,31 ballga yetdi. Rossiya reytingdagi 35-örnini saqlab qoldi.
Hisob-kitoblarga köra, Özbekiston Rossiya bilan durang öynaganida 1,14 oçko qölga kiritişi, ğalaba qozonganida esa 6,14 oçko qöşib olişi mumkin edi. Hozirça bu jonli reytingdagi özgarişlar hisoblanadi. FIFAning navbatdagi rasmiy reytingi 18-noyabr kuni e’lon qilinadi.
Özbekiston terma jamoasi navbatdagi örtoqlik uçraşuvini 17-noyabr kuni Qatarning Doha şahrida Saudiya Arabistoniga qarşi ötkazadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Özbekiston Rossiyaga qarşi uçraşuvda ikki töp farqi bilan oldinda borib, yakunda mağlub bölgani haqida xabar bergan edi.