Matbuot erkinligi indeksidagi pasayiş: Senat muammolarni tan oldi va yangi çora-tadbirlarni belgiladi

Oliy Majlis Senati «Çegara bilmas muxbirlar» xalqaro nohukumat taşkilotining matbuot erkinligi indeksida Özbekistonning örnini yaxşilaşga oid çora-tadbirlar töğrisida qaror qabul qildi. Qarorda respublika ilgari 169-örindan 133-öringaça kötarilgani, biroq 2024-yildan boşlab yana 14 poğona pastlagani qayd etilgan. 2026-yil natijalariga köra, Özbekiston indeksda 180 ta mamlakat orasida 34,95 ball bilan 147-örinni egallagan.
Senat maqsadli körsatkiçlarga erişilmaganini tan oldi
Senat Kengaşi 2024-yilda Matbuot erkinligi indeksi böyiça belgilangan maqsadli körsatkiçlarga erişilmaganini rasman qayd etdi.
Indeks böyiça ilgari mas’ul etib belgilangan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tugatilgani sabab, endi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlaştiriş va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uçun kontent tayyorlaş markazi hamda Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari böyiça markaz teng mas’ul ijroçilar etib belgilandi.
Reyting nega pasaydi
Qarorda «Çegara bilmas muxbirlar» hisobotida Özbekiston reytingiga salbiy ta’sir qilgan bir neçta omil sanab ötilgan. Jumladan, mamlakatda mustaqil xususiy televideniye tarmoqlari yetarli darajada şakllanmagani, davlatga qaraşli radio va boşqa OAVda rasmiy axborot uluşi yuqoriligi, OAV faoliyati ustidan davlat nazoratining saqlanib qolayotgani qayd etilgan.
Şuningdek, jurnalistlar faoliyatini çeklovçi ayrim qonun normalari yetarli darajada qayta körib çiqilmayotgani, iqtisodiy bosim va kasbiy faoliyatga aralaşiş holatlari uçraşi, korrupsiya mavzularining rasmiy OAVda çeklangan darajada yoritilişi ham tilga olingan.
Şu bilan birga, Senat hujjatida sönggi yillarda söz va matbuot erkinligi böyiça amalga oşirilgan islohotlar xalqaro hisobotda yetarli darajada hisobga olinmagani ham qayd etilgan.
Jurnalistlarga bosim holatlari alohida örganiladi
Yangi işçi guruh jurnalistlar, tahririyatlar, blogerlar va ekspertlar bilan muloqot ötkazib, axborot olişdagi tösiqlar, kasbiy faoliyatga aralaşiş, iqtisodiy bosim va xavfsizlik bilan boğliq muammolarni tizimlaştiriş bilan şuğullanadi.
Şuningdek, jurnalistlarga nisbatan tahdid, tazyiq, zöravonlik va ularning kasbiy faoliyatiga tösqinlik qiliş holatlari böyiça idoralararo ma’lumot almaşinuvi yölga qöyiladi.
Işçi guruh qonunçilikni takomillaştiriş, davlat organlari oçiqligini oşiriş, jurnalistlarning huquqiy himoyasini kuçaytiriş va OAV mustaqilligini ta’minlaş böyiça takliflar tayyorlaydi.
Xorijiy OAV bilan iş kuçaytiriladi
Qarorga köra, Prezident Administratsiyasi huzuridagi OAV uçun kontent tayyorlaş markazi Matbuot erkinligi indeksiga ta’sir qiluvçi omillar böyiça maqola, intervyu, infografika va videomateriallar tayyorlab boradi. Ularni Taşqi işlar vazirligi bilan hamkorlikda xorijiy OAV, xalqaro naşrlar, axborot agentliklari va ekspert platformalarida yoritilişi kerak.
Mas’ul vazirlik va idoralar bajarilgan işlar haqida har çorakda Adliya vazirligi hamda Senatga axborot berib boradi.
Avvalroq Özbekistonda daxlsizlik va immunitet huquqiga ega şaxslarga nisbatan iş yuritişning öziga xos tartibi belgilangani haqida xabar berilgan edi.