Farğonada 2,8 magnitudali zilzila sodir böldi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Zilzila 10 km çuqurlikda yuz berdi
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda ham sezildi
Foto: Unsplash

13-noyabr kuni Farğona viloyatining Quvasoy şahri hududida 2,8 magnitudali zilzila sodir böldi. Yer silkinişi Quva va Toşloq tumanlarida sezildi. Bu haqda Respublika Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lum qildi.

Zilzila 10 km çuqurlikda yuz berdi

Zilzila 13-noyabr kuni soat 14:13:42 da qayd etilgan. Uning episentri Farğona viloyatining Quvasoy şahrida joylaşgan. Zilzila öçoği 10 km çuqurlikda bölgan.

Episentr Toşkent şahridan 249 km janubi-şarqda joylaşgan. Yer silkinişi Quva tumanida 2-3 ball kuç bilan sezilgan. Tuman episentrdan 3 km uzoqlikda joylaşgan.

Toşloq tumanida esa zilzila kuçi 2 ballni taşkil etgan. Uşbu hudud episentrdan 16 km masofada joylaşgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qirğizistondagi 5,2 magnitudali zilzila Özbekistonda sezilgani haqida xabar berilgandi. Yer silkinişi Özbekistonning Andijon, Farğona va Namangan viloyatlarida ham sezildi.

Shuningdek