Banklar noqonuniy undirilgan foiz va jarimalarni qaytaradi

Özbekistonda tijorat banklari sud qarori çiqarilgan kreditlar böyiça qonunga zid ravişda hisoblangan foiz va jarimalarni bekor qilişi, undirilgan mablağlarni esa qarz oluvçilarga qaytarişi kerak. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.
Fuqarolik kodeksining 744-moddasiga köra, kredit qarzini undiriş töğrisida sud qarori çiqarilgandan söng qarorda körsatilgan summaga yangi foiz, jarima yoki penya hisoblaş töxtatiladi.
Ya’ni sud tomonidan undiriladigan qarz miqdori belgilanganidan keyin bu summa qöşimça foiz va jarimalar hisobiga oşib bormasligi kerak.
Markaziy bankning Bank nazorati qömitasi qarori bilan tijorat banklari kuzatuv kengaşlari va boşqaruvlariga uşbu talabga rioya etilişini ta’minlaş vazifasi yuklatildi.
Banklar 10-dekabrgaça tekşiruv ötkazadi
Banklarning içki audit xizmatlari 2026-yil 10-dekabrgaça sud qarori çiqarilgan kreditlarni tekşirişi kerak.
Tekşiruv davomida sud qaroridan keyin foiz va jarimalar hisoblaş töxtatilgan yoki töxtatilmagani aniqlanadi. Qoidabuzarlik holatlari bank kuzatuv kengaşi va boşqaruvi muhokamasiga kiritiladi.
Noqonuniy undirilgan mablağlar qaytariladi
Agar bank sud qaroridan keyin ham foiz yoki jarima hisoblagan bölsa, bu summalar bekor qilinişi kerak. Qonunga zid ravişda undirilgan mablağlar esa qisqa muddatda qarz oluvçilarga qaytarilişi lozim.
Banklar amalga oşirilgan işlar va mijozlarga qaytarilgan mablağlar haqidagi hisobotni tasdiqlovçi hujjatlar bilan birga 2026-yil 25-dekabrgaça Markaziy bankka taqdim etadi.
Bunday holatga duç kelgan fuqarolar Markaziy bankning 71 200 00 44 yoki 1800 qisqa raqamli aloqa markaziga murojaat qilişi mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq Markaziy bank 8 ta bank va 2 ta mikromoliya taşkilotini jarimaga tortgani haqida xabar berilgandi. Markaziy bankning Bank nazorati qömitasi 2026-yil oktabr oyida ötkazilgan oltita yiğilişda 43 ta masalani körib çiqdi.