Özbekistonda sil kasalligidan ölim holati 78 foizga kamaygan — JST

Özbekistonda sil kasalligidan ölim darajasi 2015-yildan buyon 78% ga kamaygan. Bu haqda Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining joriy yil 12-noyabr kuni e’lon qilgan 2026-yilgi global sil hisobotida ma’lum qilindi.
Taşkilotning Markaziy Osiyo böyiça tahlilida Qozoğistonda sil ölimi 18%, Qirğizistonda 28% ga kamaygani, Tojikiston va Turkmanistonda esa ösiş qayd etilgan.
Dunyoda 10,6 mln kişi silga çalindi
2025-yilda dunyoda taxminan 10,6 mln kişi sil kasalligiga çalingan. Kasallik oqibatida 1,13 mln kişi vafot etgan. 2015 – 2025-yillarda dunyo böyiça sil kasalligidan yillik ölimlar soni 35 foiz, kasallaniş darajasi esa 14 foizga kamaygan.
Şu bilan birga, ölimni 75% ga, kasallanişni esa 50% ga qisqartiriş böyiça 2025-yil uçun belgilangan global maqsadlarga hali erişilmagan. 2000-yildan buyon silni aniqlaş va davolaş böyiça körilgan çoralar natijasida dunyoda taxminan 86 mln insonning hayoti saqlab qolingan.
Markaziy Osiyoda oddiy dorilar ta’sir qilmaydigan sil turi keng tarqalgan
Ijobiy dinamikaga qaramay, oddiy dorilar ta’sir qilmaydigan sil kasalligini davolaş jiddiy muammo bölib qolmoqda. 2025-yilda dunyoda rifampitsinga çidamli sil bilan kasallanganlar soni taxminan 370 ming nafarni taşkil etgan, biroq ularning atigi 42% i davolaniş imkoniyatiga ega bölgan.
Taşkilot Yevropa mintaqasi, jumladan, Markaziy Osiyo, oddiy dorilar ta’sir qilmaydigan sil keng tarqalgan hududlardan biri bölib qolmoqda. Mintaqada dunyodagi köp dori vositalariga çidamli sil holatlarining sezilarli qismi qayd etiladi.
Avvalroq Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti iqlim inqirozi inson salomatligi uçun ham jiddiy tahdid ekanini ta’kidlagani haqida xabar berilgan edi.