«Jahannamdan çiqqan qiçqiriq»: Tramp va Netanyahu tortişib qoldi

AQŞ prezidenti Donald Tramp va Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu Eron böyiça telefon orqali suhbatda keskin tortişib qolgan. Manbalarga köra, Netanyahu Eron hududiga hujumlarni qayta boşlaşni talab qilgan, Tramp esa diplomatik yölni davom ettiriş tarafdori bölgan. Bu haqda The Independent naşri xabar berdi.
Jahannamdagi qiçqiriq jangi
«Ikki davlat rahbarining suhbati Eron böyiça keyingi harakatlar masalasida keskinlaşib, «jahannamdagi qiçqiriq jangi»ga aylangan», – deyiladi xabarda.
Netanyahu Trampni Eronga qarşi harbiy amaliyotlarni qayta boşlaşga undayotgani aytilmoqda. AQŞ prezidenti esa muzokaralar orqali masalani hal qilişni ma’qul körmoqda.
Netanyahuning idorasi suhbat keskin tus olganini rad etgan. Ular ikki davlat rahbari örtasidagi telefon qönğiroği bölganini tasdiqlab, muloqot qiyin suhbat bölmaganini bildirgan.
Netanyahu Trampga bosim ötkazmoqda
Financial Times ma’lumotlariga köra, Netanyahu Tramp bilan deyarli har kuni telefon orqali boğlanib, Yaqin Şarqdagi harbiy amaliyotlarni qayta boşlaşga undamoqda.
Eron bilan boğliq vaziyat AQŞ va Isroil örtasidagi kelişmovçiliklarni kuçaytirayotgan bir paytda Tehron ham AQŞning Yaqin Şarqdagi harbiy bazalariga tahdid qilgan.
Eron Milliy xavfsizlik kengaşi kotibi Muhsin Rizoiy Al Mayadeen telekanaliga bergan intervyusida, agar AQŞ Eronga hujum qilsa, javob zarbalari faqat mintaqadagi bazalar bilan çeklanmasligi mumkinligini aytgan.
U AQŞning Yevropadagi ayrim harbiy bazalari ham nişonga olinişi mumkinligini bildirgan.
Tramp va Netanyaxu örtasidagi avvalgi keskin suhbatlar
Bu ikki davlat rahbari örtasidagi birinçi keskin muloqot emas. Avvalroq Tramp Netanyahu bilan telefon suhbatlaridan birida unga nisbatan qöpol iboralar işlatgani haqidagi xabarlarni tasdiqlagan.
Tramp öşa suhbatda Netanyahuning Livan bilan boğliq harbiy harakatlarini töxtatişini talab qilganini aytgan. Biroq u ikki rahbar örtasidagi munosabatlar saqlanib qolganini ta’kidlagan.
Avvalroq Tramp Respublikaçilar partiyasining oraliq saylovlardagi mağlubiyatiga Eron bilan uruş, benzin narxining oşişi va amerikaliklar orasida Isroilga nisbatan kuçaygan salbiy munosabat sabab bölganini aytgandi.