Toşkentdagi öquv markazini ayollar kiyimida tunab ketmoqçi bölgan erkak uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan biriga bosqinçilik qilişni rejalaştirgan guruh a’zolari qölga olindi. Jinoyat taşkilotçisi markazning sobiq qöriqçisi bölib, u yerda katta miqdorda pul saqlanişini bilgan. Bu haqda Toşkent şahar IIBB xabari xabar berdi.
Sobiq qöriqçi jinoyat rejasini tuzgan
DXX xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbir davomida 1995-yilda tuğilgan, ilgari uşbu öquv markazida qöriqçi bölib işlagan şaxs jinoyat taşkilotçisi ekani aniqlangan.
U markazdagi pul mablağlari saqlanadigan joyni bilgani sababli uç nafar tanişini jalb qilgan. Rejaga köra, sobiq qöriqçi markazdagi vaziyatni oldindan örganib, pulning qayerda saqlanişi haqida şeriklariga ma’lumot berişi kerak bölgan.
Guruhning boşqa a’zolariga ham alohida vazifalar yuklatilgan. Ulardan biri elektr ta’minotini uzişi, niqob taqqan şeriklari esa orqa eşikdan kirib, pullarni qoplarga joylab, ijaraga olingan avtomobilda olib çiqib ketişi rejalaştirilgan.
Gumondorlar qöşni davlatga çiqib ketmoqçi bölgan
Guruh a’zolaridan biri guvohlarni çalğitiş maqsadida ayollar kiyimida bölgan. Jinoyatdan söng ular Farğona viloyati orqali qöşni davlatga çiqib ketişni rejalaştirgan. Biroq öquv markaziga kirişganidan söng barçasi tezkor xodimlar tomonidan uşlangan.
Tezkor tadbir davomida jinoyatga tayyorgarlik sifatida olib kelingan niqoblar, bolğa, qop, qölqop, ratsiyalar, eşiklarni oçiş uçun maxsus moslamalar, kalitlarning dublikatlari va xorijga çiqiş pasportlari daliliy aşyo sifatida rasmiylaştirilgan. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Farğona viloyatida 17 yoşli qizni şaxsiy suratlarini tarqatib yuboriş bilan qörqitib, undan pul talab qilgan şaxsga nisbatan jinoyat işi qözğatilgandi.