Aholiga ajratilgan 249 ta gaz balloni sotiş uçun saqlangan — «Özenergoinspeksiya»

eʼlon qilindi
Gaz ballonlaridagi suyultirilgan gaz 58 ta xonadonni bir oy ta’minlashga yetarli bölgan
Foto: gov.uz/oz/uzenergoinspeksiya

Özbekistondagi bir neça hududlarda aholi uçun ajratilgan 249 ta gaz balloni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlanayotgani aniqlandi. Bu miqdordagi, ya’ni jami 1 160 kg suyultirilgan gaz 58 ta xonadonning bir oylik ehtiyojini ta’minlaşi mumkin edi. Bu haqda «Özenergoinspeksiya» xabar berdi.

Tizim xodimlari bilan boğliq holatlar ham aniqlandi

Qoraqalpoğiston Respublikasida «Amudaryo tumangaz» bölimining suyultirilgan gaz xizmati çilangari 104 ta gaz ballonini hujjatlarsiz va yonğin xavfsizligi talablariga zid ravişda saqlab kelgani aniqlangan.

Surxondaryoda «Şerobodtumangaz» ta’minoti bölimi haydovçisining xonadonidan 25 ta, Toşkent viloyatida esa «Quyi Çirçiq tumangaz» bölimi gaz töldiriş şoxobçasi xodimidan 3 ta gaz balloni topilgan.

Xonadonlarda önlab gaz ballonlari saqlangan

Namangan şahrida yaşovçi fuqaroning uyida keyinçalik aholiga sotiş maqsadida 20 ta gaz balloni saqlangani qayd etilgan.

Qaşqadaryoning Kasbi tumanida ikki fuqaroning xonadonidan jami 92 ta gaz balloni aniqlangan. Xorazmning Xonqa tumanida esa umumiy ovqatlaniş şoxobçasida aholi uçun ajratilgan 5 ta gaz ballonidan noqonuniy foydalanilgani hujjatlaştirilgan.

Avvalroq bir neça hududlarda suyultirilgan gazni noqonuniy sotiş holatlari aniqlangani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek