Mahkuma ayollarning farzandlari uçun maxsus boğçalar taşkil etiladi

Özbekistonda jazoni ijro etiş muassasalarida jazo ötayotgan ayollarning uç yoşgaça bölgan farzandlari uçun maxsus davlat maktabgaça ta’lim taşkilotlari oçiladi. Bu haqda prezidentning 12-noyabrdagi 395-son qarorida belgilandi.
2026-yil 1-dekabrdan Içki işlar vazirligi tizimidagi 21-son jazoni ijro etiş koloniyasi qoşidagi Bolalar uyi negizida hamda 42-son manzil-koloniyada «Ona va bola markazi» taşkil etiladi.
Markazlarda uç yoşgaça bölgan bolalar uçun keça-yu kunduz faoliyat yuritadigan guruhlar oçiladi. Har bir guruhda köpi bilan beş nafar bola bölişi mumkin.
Bolalar oziq-ovqat va kiyim-keçak bilan ta’minlanadi
Maxsus boğçalarda bolalarning yaşaşi, rivojlanişi va tibbiy xizmat olişi uçun zarur şaroitlar yaratiladi. Tarbiyalanuvçilar oziq-ovqat, kiyim-keçak, poyabzal va boşqa zarur anjomlar bilan Bolalar uylari uçun belgilangan me’yorlar asosida ta’minlanadi.
Soğliqni saqlaş vazirligi bolalarning öz vaqtida emlanişi va tibbiy körikdan ötişini ta’minlaydi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi esa har çorakda bolalar va ularning onalari uçun yaratilgan şaroitlarni örganib boradi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda 6 yoşli bolalarni maktabga tayyorlaş majburiy bölişi haqida xabar berilgandi.