Surxondaryoda dvigatelga yaşirilgan giyohvandlik moddalari musodara qilindi

eʼlon qilindi
Ötkazilgan tezkor tadbirlar natijasida qariyb 1,8 kilogramm narkotik modda musodara etilib, ikki nafar gumondor uşlandi
Foto: Ekran tasviri

Surxondaryo viloyatidagi «Ayritom» çegara bojxona postida Afğoniston fuqarosidan avtomobil dvigateli porşeniga yaşirilgan giyohvandlik moddalari topildi. Uşbu amaliyot DXX, bojxona va içki işlar organlari hamkorligida ötkazildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Çegaradagi tekşiruv

Mamlakatga kiriş uçun «Ayritom» çegara postiga kelgan 1966-yilda tuğilgan Afğoniston fuqarosining «Toyota» avtomobili tekşiruvdan ötkazilgan. Yukxonadagi dvigatel porşeni ehtiyot qismlari içiga yaşirilgan qariyb 400 gramm «opiy» moddasi aniqlangan.

Qöşimça tintuv va musodara

Tezkor tadbir doirasida gumondorning Termiz şahrida vaqtinça yaşab turgan xonadoni ham tekşirilgan. U yerdan avtomobil ehtiyot qismlari içiga yaşirilgan yana 848 gramm «opiy» va 551 gramm «geroin» moddasi topilgan. Barça aniqlangan holatlar protsessual tartibda hujjatlaştirilgan.

Ikkinçi gumondorning uşlanişi

Suriştiruv davomida uşbu giyohvandlik vositalarini qabul qilib olişi kerak bölgan şaxsning kimligi aniqlangan. U Surxondaryo viloyatining Denov tumanida yaşovçi, 1993-yilda tuğilgan fuqaro bölib, Şörçi tumani hududida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.

Jinoyat işi va tergov

Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi (28-modda orqali) va 273-moddasi 6-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda. Şuningdek, DXX fuqarolarni giyohvandlik vositalari tarqatilişi bilan boğliq şubhali holatlar yuzasidan 1520 qisqa raqamiga xabar berişga çaqirmoqda.

Avvalroq Kursiv naşri Qozoğistonda reper Navai ikki oyga hibsga olingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek