
General Motors yangi avlod Chevrolet Captiva 2027 krossoverini hozirgi modelga qaraganda köproq xalqaro bozorlarda sotişni rejalaştirmoqda. Bu haqda GMAuthority naşri xabar bermoqda.
Model Lotin Amerikasida sinovdan ötkazilmoqda va uning geografiyasi Janubiy Amerikaning yangi mamlakatlari hisobiga kengaytirilişi mumkin.
GMAuthority manbalariga köra, yangi Captiva hozirgi avlod sotiladigan barça asosiy bozorlarda saqlanib qoladi. Ular qatoriga Lotin Amerikasi, Afrika, Yaqin Şarq, Özbekiston va Filippin kiradi.

Braziliya va Argentinaga ham çiqişi mumkin
General Motors yangi Captiva’ni Janubiy Amerikaning eng yirik avtomobil bozorlari — Braziliya va Argentinada ham sotişni körib çiqmoqda.
Bundan taşqari, model Markaziy Amerika va Karib havzasidagi Chevrolet mavjud bölgan qator mamlakatlarda ham paydo bölişi mumkin.
Hozirça bu rejalar yakuniy tasdiqlanmagan. Biroq kompaniya yangi modelning xalqaro qamrovini kengaytiriş va global savdo hajmini oşiriş imkoniyatini körib çiqmoqda.
Yangi Captiva Wuling Starlight 560 asosida yaratiladi

Yangi avlod Chevrolet Captiva aslida Xitoyning Wuling Starlight 560 modeli asosida yaratiladi. Avtomobil Chevrolet logotipi va Captiva nomi bilan boşqa bozorlarga çiqariladi.
Bu General Motors uçun yangi strategiya emas. Hozirgi avlod Captiva ham SAIC-GM-Wuling qoşma korxonasi tomonidan yaratilgan Baojun 530 modeli asosida işlab çiqilgan.
SAIC-GM-Wuling hamkorligi doirasida Xitoyda işlab çiqilgan bir qator avtomobillar Chevrolet brendi ostida xalqaro bozorlarga yetkazib beriladi.
Beş va yetti örindiqli versiyalar saqlanadi
2027-yilgi Chevrolet Captiva beş va yetti örindiqli variantlarda taklif qilinişi kutilmoqda.
Ayrim bozorlarda benzinli yangi Captiva elektr va gibrid Captiva EV/PHEV bilan bir vaqtda sotiladi. Benzinli versiya model qatorida nisbatan arzon boşlanğič variant sifatida joylaştirilişi mumkin.
Bozorga qarab avtomobil Captiva XL yoki Captiva Turbo nomlari ostida ham sotilişi ehtimoli bor.
Jahon premerasi yaqin oylarda kutilmoqda
Yangi avlod Chevrolet Captiva’ning global taqdimoti yaqin oylarda Lotin Amerikasi mamlakatlaridan birida ötkazilişi kutilmoqda.
Avtomobil allaqaçon mintaqada yöl sinovlarida körilgan. Chevrolet yangi Captiva’ni yuqori savdo hajmiga möljallangan ixçam krossover sifatida joylaştirmoqda.
Hozirça modelning dvigatellari, narxlari va Özbekistonda sotuvga çiqiş muddati rasman e’lon qilinmagan.
Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri UzAuto Motors Chevrolet Onix va Tracker uçun çegirma e’lon qilgani haqida yozgan edi.