Arcfox 99 soniyada batareyasi almaştiriladigan ikki modelni çiqardi

15-noyabr 2026 08:43 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Arcfox 99 soniyada batareyasi almaştiriladigan ikki modelni çiqardi
Foto: Autohome

BAIC tarkibidagi Arcfox brendi batareyasi tez almaştiriladigan ikkita yangi elektromobil — Beta S3 535 Ultra+ LiDAR Swappable Edition va Beta T1 Swappable Edition modellarini taqdim etdi.

Ikkala model ham CATL’ning Çocolate batareya almaştiriş tarmoğidan foydalanadi. Arcfox avvalroq CATL bilan oçiq va umumiy batareya almaştiriş ekotizimini rivojlantiriş böyiça hamkorlik boşlagan edi.

Beta S3 batareyasi 99 soniyada almaştiriladi

Yangi Arcfox Beta S3 535 Ultra+ old qismida yopiq radiator panjarasi, ajratilgan faralar va «star-ring» uslubidagi yoruğlik dizayniga ega. Salon markazida 15,6 dyuymli sensorli ekran va 8,8 dyuymli raqamli asboblar paneli joylaştirilgan. Multimedia tizimi Qualcomm Snapdragon 8155 çipida işlaydi.

Foto: Autohome

Model 192 çiziqli LiDAR va Horizon Robotics Journey J6M protsessori asosidagi «Yuanjing» haydovçiga yordam tizimini olgan. U avtomagistral va şaharda NOA funksiyalarini, şuningdek avtomatik parkovkani qöllab-quvvatlaydi.

Elektromobil old ğildirakdan tortadi va 159 kVt yoki 213 ot kuçiga ega elektromotor bilan jihozlangan. Maksimal aylaniş momenti 250 Nm.

Avtomobil 0 dan 100 km/soatgaça 7,1 soniyada tezlaşadi, maksimal tezligi 165 km/soatni taşkil etadi.

CLTC sikli böyiça yuriş zaxirasi 535 km. Eng muhim jihati — batareyani maxsus stansiyada 99 soniyada almaştiriş mumkin. Batareya ijarasi bilan model narxi 78,8 ming yuan, ya’ni qariyb $11,8 mingdan boşlanadi.

Foto: Autohome

Beta T1 arzonroq variant böladi

Ikkinçi yangi model — Arcfox Beta T1 Swappable Edition — yumaloqroq kuzov dizayni va Arc-Flow uslubiga ega.

Uning salonida ham 15,6 dyuymli markaziy ekran va 8,8 dyuymli raqamli panel örnatilgan. Modelning uzunligi 4 337 mm, eni 1 860 mm, balandligi 1 572 mm, ğildirak bazasi esa 2 770 mm.

Beta T1 Hunan CRRC Times Electric Drive Teçnology kompaniyasi işlab çiqargan 95 kVt yoki 127 ot kuçiga ega elektromotor bilan jihozlangan. Maksimal tezligi 150 km/soat.

Avtomobil CATL işlab çiqargan LFP batareyadan foydalanadi.

Batareya ijarasi bilan Beta T1 narxi komplektatsiyaga qarab 52 ming yuan ($7,8 ming) yoki 60 ming yuan ($9 ming)ni taşkil etadi.

Foto: Autohome

10 ming km bepul batareya almaştiriş taklif qilinadi

Arcfox 2027-yil 31-yanvargaça Beta S3’ning batareya almaştiriladigan versiyasini sotib olgan mijozlarga, şuningdek Beta T1 xaridorlariga 10 ming km bepul batareya almaştiriş imkonini beradi. Bu 20 ta batareya almaştiriş kuponiga teng.

Kompaniya ma’lumotiga köra, Beta S3 sönggi tört oy davomida 100 ming yuanlik narx segmentida eng köp sotilgan sedan bölgan. Xaridorlarning qariyb 70 foizi batareyani sotib oliş örniga ijaraga oliş variantini tanlagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan naşri Captiva 2027 modeli Özbekistonda ham sotilişi haqida yozgan edi.

Shuningdek