Yangi Damas avtomobili: siz bilmagan jihatlar qanday

15-noyabr 2026 08:57 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Yangi Damas avtomobili: siz bilmagan jihatlar qanday
Foto: Chevrolet

«Özavtosanoat» AJ yangi Damas Move va Damas Max avtomobillarining old qismi konstruktsiyasi qanday vazifani bajarişi haqida video e’lon qildi.

Kompaniya izohiga köra, avtomobil kapoti faqat dvigatelni yopib turuvçi yoki taşqi körinişni şakllantiruvçi detal emas. Muhim jihat — uning ostida joylaşgan konstruktsiya va u töqnaşuv vaqtida zarba energiyasini qanday taqsimlaşidir.

Dvigatel oldinga köçirilgan

Yangi Damas asosidagi Wuling Hongguang V yaratilganda dvigatel oldinga köçirilgan va avtomobilning old qismi uzaytirilgan.

Foto: Chevrolet

Natijada haydovçi bilan avtomobilning eng old qismi orasida qoşimça konstruktsion makon paydo bölgan.

«Özavtosanoat» ta’kidlaşiça, töqnaşuv vaqtida zarba energiyasi yöqolib ketmaydi. Uni salon va yölovçilarga yetib borişidan oldin imkon qadar yutiş va taqsimlaş kerak. Bunda avtomobilning old qismidagi konstruktsiya muhim rol öynaydi.

Old qismning bukilişi zaiflikni anglatmaydi

Avtomobil kuzovining turli qismlari turli vazifalarni bajaradi. Ayrim elementlar zarba vaqtida nazorat qilinadigan tarzda deformatsiyalaniş va energiyaning bir qismini yutiş uçun möljallanadi.

Yölovçilar joylaşgan salon konstruktsiyasi esa odamlar uçun zarur böşliqni saqlaşga xizmat qiladi.

Şu sabab avariyadan keyin avtomobilning old qismi bukilganini körib, kuzov zaif ekan degan xulosaga keliş har doim ham töğri emas.

Foto: Chevrolet

Şu bilan birga, kompaniya faqat taşqi şikastlaniş körinişiga qarab avtomobil xavfsizligini töliq baholab bölmasligini ham qayd etdi. Buning uçun maxsus sinovlar va muhandislik tahlili talab qilinadi.

Xavfsizlik birgina kapotga boğliq emas

«Özavtosanoat» izohiga köra, Damas Move va Damas Max’dagi kapot avtomobilning faqat taşqaridan körinadigan qismidir.

Uning ostida agregatlarni joylaştiriş, töqnaşuv vaqtida yuklamalarni taqsimlaş va konstruktsiyaning deformatsiyalanişini boşqariş bilan bağliq muhandislik yeçimlari mavjud.

Kompaniya avtomobil xavfsizligi birgina detalga emas, balki kuzov konstruktsiyasi, xavfsizlik kamarlari va boşqa himoya vositalarining birgalikdagi işiga bağliq ekanini ta’kidladi.

Avvalroq «Kursiv» Captiva 2027 avtomobili Özbekistonda ham sotilişi haqida yozgan edi.

Shuningdek