Fransiyada beşinçi hafta ham ommaviy namoyişlar davom etdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Namoyişlar maktablardagi muammolardan boşlangan edi
Fransiyada beşinçi hafta ham ommaviy namoyişlar davom etdi
Foto: depositphotos

Fransiyada yaşaş xarajatlarining oşişi, davlat xizmatlaridagi muammolar va ta’lim tizimidagi kamçiliklarga qarşi namoyişlar ketma-ket beşinçi hafta davom etdi. Içki işlar vazirligi ma’lumotiga köra, 14-noyabr kuni mamlakat böylab 106 ming kişi köçalarga çiqdi, şundan 24 ming nafari Parijda qatnaşdi.

Bu sönggi haftalardagi eng past qatnaşuv körsatkiçi böldi. Bir hafta avval mamlakat böylab 146 ming kişi namoyişlarda qatnaşgan edi.

219 kişi qölga olindi

Fransiya Içki işlar vazirligi 14-noyabrdagi namoyişlar davomida mamlakat böylab 219 kişi qölga olinganini ma’lum qildi.

Aksiyalar, asosan, tinç ötgan, biroq Parij, Bordo va Nantda ayrim töqnaşuvlar kuzatilgan. Ayrim namoyişçilar politsiya tomon pirotexnika vositalarini otganidan söng huquqni muhofaza qiluvçilar közdan yoş oqizuvçi gazdan foydalangan.

Kasaba uyuşmalari va talabalar taşkilotlari esa qatnaşçilar sonini hukumat raqamlaridan yuqori baholagan. DW ma’lumotiga köra, ular mamlakat böylab qariyb 200 ming, Parijda esa 100 ming kişi namoyişga çiqqanini bildirgan.

Namoyişlar maktablardagi muammolardan boşlangan edi

Fransiyadagi noroziliklar sentabr oyida davlat maktablaridagi öqituvçi yetişmovçiligi va infratuzilma muammolariga qarşi talabalar aksiyalari sifatida boşlangan.

Keyinçalik harakat yaşaş qiymatining oşişi, davlat xizmatlarining holati, iş haqlari va politsiya harakatlariga qarşi noroziliklarni ham qamrab oldi.

17-oktabr kuni noroziliklar eng keskin bosqiçga çiqib, rasmiy hisob-kitoblarga köra, mamlakat böylab 550 mingga yaqin kişilar qatnaşgan. Bir qator şaharlarda talon-toroj, yonğinlar va politsiya bilan töqnaşuvlar qayd etilgan.

Hukumatga bosim saqlanib qolmoqda

Prezident Emmanuel Makron hukumati namoyişçilar talablariga javoban ta’lim sohasidagi ayrim çoralar va minimal iş haqini avvalroq oşiriş kabi takliflarni ilgari surgan. Biroq kasaba uyuşmalari va talabalar harakati bu çoralarni yetarli deb hisoblamayapti.

Şu bilan birga, Fransiyaning yuqori davlat qarzi va budjet taqçilligi hukumatning qöşimça xarajatlarni keskin oşiriş imkoniyatlarini çeklamoqda. Namoyiş taşkilotçilari esa aksiyalarni davom ettiriş niyatida ekanini bildirmoqda.

Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri Fransiya Eronni supermarket muzlatkiçlariga kiberhujumda ayblagani haqida yozgan edi.

Shuningdek