Tramp, Putin va Si Szinpin Xitoyda uçraşişi kutilmoqda

AQŞ prezidenti Donald Tramp, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy raisi Si Szinpin kelasi hafta Xitoyning Şençjen şahrida ötadigan APEC sammiti doirasida uç tomonlama uçraşuv ötkazişi kutilmoqda.
Oq uy ma’lumotiga köra, uçraşuv 19-noyabr, payşanba kuni bölib ötişi rejalaştirilgan. Rossiya tomoni ham bunday uçraşuv rejalaştirilayotganini tasdiqlagan. Xitoy Taşqi işlar vazirligi esa uç davlat rahbarlari uçraşuvi yuzasidan tegişli tomonlar bilan muloqot davom etayotganini bildirgan.
Yadro qurollari asosiy mavzulardan biri bölişi mumkin
Oq uy vakiliga köra, Tramp uçraşuvda dunyodagi yadro qurollari sonini kamaytiriş masalasini kötarişni rejalaştirmoqda.
AQŞ prezidenti avvalroq Vaşington va Moskva örtasidagi yadro qurollarini nazorat qiliş böyiça yangi kelişuvga Xitoy ham qöşilişi kerakligini aytgan edi. AQŞ va Rossiya örtasidagi asosiy yadro qurollarini nazorat qiliş şartnomasi 2026-yil fevralida öz kuçini yöqotgan.
Biroq Reuters manbalariga köra, uçraşuv yakunida yadro qurollari böyiça aniq kelişuv imzolanişi kutilmayapti. Tomonlarning pozitsiyalari, jumladan Xitoyning öz yadro arsenali böyiça yondaşuvi, sezilarli darajada farq qiladi.
Eron muhokama qilinişi mumkin
AQŞ rasmiylari uçraşuvda Eron atrofidagi vaziyat ham muhokama qilinişi mumkinligini bildirgan.
Şu bilan birga, uç tomonlama muloqot kun tartibiga Ukraina masalasi kiritilmasligi aytilmoqda. Biroq bu masala yuzasidan yakuniy kun tartibi hali töliq e’lon qilinmagan.
Tramp Si Szinpin bilan alohida ham uçraşadi
Tramp Xitoyga 18-noyabr kuni yetib borişi kutilmoqda. U APEC sammitida iştirok etadi va Si Szinpin bilan alohida ikki tomonlama uçraşuv ham ötkazadi.
Bu Tramp 2025-yilda AQŞ prezidentligiga qaytgaç, Si Szinpin bilan ötkazadigan törtinçi uçraşuv bölişi kutilmoqda.
Xitoy Taşqi işlar vazirligi APEC iqtisodiy yetakçilari yiğilişi 18–19-noyabr kunlari Şençjenda ötkazilişini rasman ma’lum qilgan. Si Szinpin sammitga raislik qiladi va uning doirasida xorijiy davlat rahbarlari bilan ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazadi.
Uçraşuv tarixiy formatda bölişi mumkin
Agar uç tomonlama uçraşuv amalga oşsa, bu AQŞ, Rossiya va Xitoy rahbarlarining bunday formatdagi misli körilmagan uçraşuvi böladi.
Uç davlat dunyodagi eng yirik yadro qudratlari qatoriga kiradi. Şu sabab uçraşuv yadro xavfsizligi, global strategik barqarorlik va yirik davlatlar örtasidagi munosabatlar nuqtayi nazaridan katta e’tibor qozonmoqda.
Biroq hozirça Xitoy tomoni uç tomonlama uçraşuvni töliq rasman tasdiqlamagan. Pekin uç davlat örtasida maslahatlaşuvlar davom etayotganini bildirgan.
Eslatib ötamiz, «Kursiv» AQŞda aloqa tizimidagi nosozlik sababli parvozlar vaqtinça töxtatilgani haqida yozgan edi.