
Samsung budjet toifasidagi Samsung Galaxy A18 LTE smartfonini Singapur bozorida sotuvga çiqardi. Model avval Yevropada taqdim etilgan edi, biroq yangi bozordagi versiya boşqa protsessor bilan jihozlangan.
Singapurdagi Galaxy A18’da Samsunğning Exynos 1610 çipi örniga MediaTek Helio G99+ qöllanilgan.
Singapur versiyasida MediaTek çipi işlatiladi
Yevropa uçun möljallangan Galaxy A18 5 nm texnologik jarayonda işlab çiqarilgan Exynos 1610 protsessoriga ega.
Singapur versiyasida esa 6 nm texnologik jarayon asosidagi MediaTek Helio G99+ işlatiladi.
Nazariy jihatdan Exynos 1610 energiya samaradorligi böyiça ustunroq bölişi mumkin. Sintetik testlarda ham Exynos çipi bir yadroli işlaşda yaxşiroq natija körsatadi, Helio G99+ esa köp yadroli vazifalarda kuçliroq bölişi qayd etilgan.
Qolgan xususiyatlar özgarmagan
Çipdan taşqari Galaxy A18’ning Singapur versiyasi Yevropada sotilayotgan model bilan deyarli bir xil. Smartfon 6,7 dyuymli FHD+ Super AMOLED displey va 90 Hz yangilaniş çastotasiga ega.
Qurilma 4 GB tezkor xotira va 128 GB içki xotira bilan taklif qilinadi. Asosiy kamera tizimi 50 MP + 5 MP + 2 MP sensorlardan iborat. Old kamera esa 13 MP.
Batareya siğimi 5 000 mA/soat, 25 Vt tezkor quvvatlaş qöllab-quvvatlanadi. Smartfon çang va suvdan IP64 darajasida himoyalangan.
Narxi $254 atrofida
Samsung Galaxy A18 Singapurda 328 Singapur dollari, ya’ni qariyb $254 narxda sotilmoqda. Smartfon Light Blue, Black va Silver ranglarida taklif qilinadi.
Samsung 8-dekabrgaça Galaxy A18 xaridorlariga 30 Singapur dollari miqdorida çegirma taqdim etmoqda.
Şuningdek, qurilmani Samsung Experience dökonlaridan xarid qilgan mijozlarga 25 Vt quvvatlagiç bepul beriladi. Odatda Galaxy A18 komplektiga quvvatlagiç kiritilmaydi.
Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri Samsung suriladigan ekranli smartfonni e’lon qilgani haqida yozgan edi.