SpaceX Starship’ni ilk bor uçiriş minorasida tutib oldi

SpaceX kompaniyasi Starship kosmik kemasini ilk bor parvozdan söng uçiriş minorasidagi mexanik tutqiçlar yordamida muvaffaqiyatli uşlab oldi. Bu kompaniyaning töliq qayta foydalaniladigan raketa tizimini yaratiş rejasidagi muhim bosqiç böldi.
Sinov AQŞning Texas ştatidagi Starbase majmuasida ötkazildi. Starship 15-sinov parvozidan söng Yerga qaytib, Launç Pad 2 minorasidagi «chopstick» deb ataladigan mexanik qöllar orasiga tuşdi.
Starship orbitada 22 soatdan ortiq böldi
Bu dunyodagi eng yirik va eng kuçli raketa tizimi hisoblangan Starship’ning 15-sinov parvozi böldi.
Kosmik kema Yer atrofini 14 marta aylanib, orbitada 22 soatdan ortiq vaqt ötkazdi. Parvoz davomida u 26 ta Starlink sun’iy yöldoşini ham orbitaga çiqardi.
SpaceX asosçisi Ilon Mask Starship’ni kompaniyaning sun’iy yöldoş biznesi, Oyga odam yetkaziş va kelajakda Marsga parvozlar uçun asosiy tizimlardan biri sifatida köradi.
NASA natijani olqişladi
NASA ham Starship’ning muvaffaqiyatli qaytişini ijobiy baholadi.
AQŞ kosmik agentligi Starship’dan Artemis dasturi doirasida astronavtlarni Oyga tuşiriş va kelajakda doimiy Oy bazasini barpo etişda foydalanişni rejalaştirmoqda.
NASA rahbari Jared Ayzekman natijani «deyarli sehrli» deb atadi.
Super Heavy boosterini tutib olişning imkoni bölmadi
SpaceX parvoz davomida raketaning pastki bosqiçi – Super Heavy boosterini ham qayta tutib olişni rejalaştirgan edi.
Biroq booster dvigatellari kutilganidan oldin öçib qolgan. Boşqaruv tizimi raketa kerakli holatda emasligini aniqlagaç, özini yöq qiliş protokoli işga tuşirilgan.
Natijada Super Heavy Meksika qöltiği ustida portlagan.
Kompaniya muhandislari hodisa sabablarini örganmoqda.
Maqsad — parvozlar narxini pasaytiriş
SpaceX avvalgi uçta sinov parvozida Super Heavy boosterini muvaffaqiyatli uşlab olgan edi.
Endi Starship kemasining ham uçiriş minorasida tutib olinişi kompaniyaning töliq qayta foydalaniladigan kosmik tizim yaratiş maqsadiga yaqinlaşganini anglatadi.
SpaceX’ning fikriça, raketa va kosmik kemani qayta-qayta işlatiş kosmik parvozlar tannarxini keskin kamaytirişi mumkin.
Avvalroq «Kursiv» Ilon Mask SI ma’lumotlar markazlarini orbitaga çiqarmoqçiligi haqida yozgan edi.