Qaşqadaryoda noqonuniy saqlangan qurol va öq-dorilar aniqlandi

Qaşqadaryo viloyatida öqotar qurol va öq-dorilarni noqonuniy saqlaş bilan boğliq 21 ta holat aniqlandi. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti ma’lum qildi.
Ma’lumotga köra, «Xavfsiz va soğlom yurt» keng qamrovli tezkor-profilaktik oyligi doirasida ötkazilgan tadbirlarning dastlabki 10 kunida 13 ta ov quroli va 111 ta öq-dori aniqlangan.
Qarşi tumanida hujjatsiz qurol saqlagan
Qarşi tumanida yaşovçi fuqaro tegişli hujjatlarsiz bir dona öqotar qurol va uning qismlarini saqlab kelgani aniqlangan.
Holat belgilangan tartibda rasmiylaştirilib, aşyoviy dalillar olib qöyilgan.
Kökdalada patron va porox topilgan
Kökdala tumanida esa fuqaroning yaşaş manzili közdan keçirilganda, qurilişi tugallanmagan omborxonada 10 dona ov quroli patroni va portlovçi vositalar tayyorlaşda işlatiladigan porox qonunga xilof ravişda saqlanayotgani aniqlangan.
Mazkur aşyolar xolislar iştirokida protsessual tartibda hujjatlaştirilgan.
Şuningdek, Kasbi va Ğuzor tumanlarida ötkazilgan tezkor tadbirlarda ham noqonuniy qurol saqlaş holatlari qayd etilgan.
Jinoyat işlari qözğatildi
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti ma’lumotiga köra, aniqlangan holatlar yuzasidan fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining 248-moddasi tegişli qismlari bilan jinoyat işlari qözğatilgan.
Ayrim holatlar böyiça esa Jinoyat kodeksining 248-moddasi 1-qismi asosida dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri Qöqondagi mehmonxonada 13 yoşli qiz zörlangani haqida yozgan edi.