Şavkat Mirziyoyev davlat taşrifi bilan Ömonga boradi

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 16 – 17-noyabr kunlari davlat taşrifi bilan Ömonda böladi. Taşrif Ömon sultoni Haysam bin Toriq Ol Saidning taklifiga binoan amalga oşiriladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Masqatda oliy darajadagi muzokaralar ötkaziladi
Taşrif dasturiga köra, Masqat şahrida ikki davlat rahbarlarining muzokaralari bölib ötadi. Şuningdek, Şavkat Mirziyoyev yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uçraşadi va qator boşqa tadbirlarda iştirok etadi.
Savdo va investitsiyalar muhokama qilinadi
Sammit kun tartibidan Özbekiston va Ömon örtasidagi munosabatlarni yangi bosqiçga olib çiqiş masalalari örin olgan.
Tomonlar savdo, investitsiyalar va qişloq xöjaligi sohalaridagi hamkorlikni kengaytiriş, şuningdek, madaniy-gumanitar aloqalar va turizm almaşinuvini faollaştiriş imkoniyatlarini muhokama qiladi.
Muzokaralar yakunida bir qator hujjat va bitimlar qabul qilinişi rejalaştirilgan.
Avvalroq «Kursiv» Mirziyoyev COP31 iqlim sammitida qatnaşiş uçun Turkiyaga borgani haqida yozgan edi.