Yangi BMW iX4 elektromobilini işlab çiqariş boşlandi

15-noyabr 2026 16:06 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Yangi BMW iX4 elektromobilini işlab çiqariş boşlandi
Foto: BMW

BMW yangi avlod BMW iX4 elektr krossoverini seriyali işlab çiqarişni boşladi. Yangi iX4 sotuvlari 2027-yil mart oyida boşlanişi rejalaştirilgan.

Ikki versiya bilan sotuvga çiqadi

Dastlab xaridorlarga iX4 40 xDrive va iX4 50 xDrive versiyalari taklif etiladi. Keyinroq yanada kuçli M60 xDrive modifikatsiyasi ham qatorga qöşiladi.

iX4 50 xDrive bir quvvatda WLTP sikli böyiça 828 km gaça masofa bosib ötişi mumkin. iX4 40 xDrive’da esa yuriş zaxirasi 638 km gaça deb körsatilgan.

Foto: BMW

10 daqiqada 387 km zaxira

iX4 50 xDrive maksimal 400 kVt quvvatdagi tezkor quvvatlaşni qöllab-quvvatlaydi.

BMW ma’lumotiga köra, 10 daqiqalik quvvatlaş orqali avtomobilga 387 km gaça yuriş zaxirasi qöşiş mumkin.

Taqqoslaş uçun, iX3 50 xDrive modeli 805 km gaça masofa bosib ötadi va 10 daqiqada 372 km yuriş zaxirasini tiklay oladi.

iX4’ning ustunligiga kuzovning pastroq va aerodinamikroq şakli sabab bölişi mumkin.

Foto: BMW

800 voltli arxitektura olgan

Har ikki versiya BMW’ning oltinçi avlod eDrive elektr yuritmasi, silindrsimon akkumulyator elementlari va 800 voltli elektr arxitektura bilan jihozlangan.

Elektromotorlar BMW’ning Avstriyadagi Ştayr zavodida işlab çiqariladi.

Narxi 60 ming funtdan boşlanadi

Buyuk Britaniya bozorida iX4 40 xDrive narxi 60 170 funt sterlingdan, iX4 50 xDrive esa 66 075 funt sterlingdan boşlanadi.

Foto: BMW

BMW’ning Debretsendagi zavodi 2025-yil sentabrida işga tuşirilgan. Korxonada ştamplaş, kuzov yiğiş, böyaş, yakuniy yiğuv hamda yuqori kuçlanişli akkumulyator bloklarini işlab çiqariş imkoniyati mavjud.

Zavodning maksimal yillik işlab çiqariş quvvati qariyb 150 ming avtomobilni taşkil etadi. BMW zavod qurilişiga 2 mlrd yevrodan ortiq sarmoya kiritgan. Korxona qayta tiklanuvçi elektr energiyasida işlaydi va qazilma yoqilğidan foydalanmaydi.

Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri BMW 7 Series yana V8 dvigatelga ega bögani haqida yozgan edi.

Shuningdek