AQŞ transport vaziri aviatsiya inqirozi uçun uzr söramadi

eʼlon qilindi
Daffi javobgarlikni avvalgi ma’muriyatlarga yukladi
AQŞ transport vaziri aviatsiya inqirozi uçun uzr söramadi
Foto: «Interfaks»

AQŞ transport vaziri Şon Daffi mamlakat böylab havo qatnovining bir neça soatga töxtab qolişi ortidan uzr söraşdan boş tortdi. U muammoni avvalgi ma’muriyatlar davrida havo harakatini boşqariş infratuzilmasiga yetarliça sarmoya kiritilmagani bilan izohladi.

13-noyabr kuni Federal aviatsiya ma’muriyati – FAA butun mamlakat böylab parvozlarni vaqtinça töxtatgan edi. Rasmiy ma’lumotga köra, çeklov taxminan 4,5 soat davom etgan.

12 mingdan ortiq reyslar bekor qilindi

FAA ma’lumotiga köra, 13-noyabr kuni telekommunikatsiya tizimidagi nosozlik sabab operatorlar qariyb 12 462 ta reysni bekor qilgan. Şundan 9 082 tasi yirik aviakompaniyalar reyslariga töğri kelgan.

FAA barça bekor qilingan reyslar bevosita umumiy parvozlar töxtatilişi bilan boğliq bölmaganini ham qayd etdi.

Parvozlar 13-noyabr kuni taxminan soat 15:30 da töxtatilgan va tizim barqarorlaşgaç, 20:15 dan qayta tiklana boşlagan.

Daffi javobgarlikni avvalgi ma’muriyatlarga yukladi

NBC’ga bergan intervyusida Daffi hodisa uning rahbarligi davrida yuz berganini tan oldi, biroq mavjud tizimni meros qilib olganini ta’kidladi.

Uning aytişiça, AQŞ havo harakatini boşqariş tizimi yillar davomida eskirgan va yetarliça modernizatsiya qilinmagan.

Daffi FAA’da sönggi ön yilliklardagidan tezroq islohotlar olib borayotganini aytib, avvaldan mavjud infratuzilmadagi muammolar uçun uzr söraşni töğri deb hisoblamasligini bildirdi.

Nosozlik nimadan kelib çiqqan

FAA keyinçalik muammo eski telekommunikatsiya uskunasining beqaror işlaşi bilan boğliq bölganini ma’lum qildi.

Rasmiy izohga köra, FAA FTI tarmoğiga har 4-5 soniyada qariyb 1 000 ta ulaniş sörovi kelib tuşgan va bu tizimning izdan çiqişiga sabab bölgan.

Agentlik muammoning dastlabki sababini bartaraf etiş uçun nosozlikka aloqador router funksiyasini öçirgan va ehtiyot çorasi sifatida tizimdagi qariyb 60 ta öxşaş routerda ham xuddi şu funksiyani bloklagan.

AQŞda bunday holat kamdan-kam uçraydi

FAA 13-noyabr kuni aloqa muammolari bir neçta havo harakatini boşqariş markazlariga ta’sir qilgani uçun barça AQŞ aeroportlarida umumiy «ground stop» joriy etganini bildirgan edi.

Mamlakat miqyosida bunday keng kölamli çeklovlar juda kam qöllanadi. 2023-yil yanvarida ham uçuvçilar uçun ogohlantiriş tizimidagi nosozlik sabab AQŞ böylab parvozlar vaqtinça töxtatilgan edi.

Eslatib ötamiz, «Kursiv» AQŞda aloqa tizimidagi nosozlik sababli parvozlar vaqtinça töxtatilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek