Yevropa Ittifoqi Özbekistondan mis quvurlar importiga 11 foizgaça boj belgiladi

eʼlon qilindi
Çeklovlar Xitoy, Vyetnam va Meksikadan keluvçi mahsulotlarga ham amal qiladi

Yevropa İttifoqi Özbekiston, Xitoy, Vyetnam va Meksikadan import qilinadigan mis quvurlarga dastlabki antidemping bojlarini joriy etdi. Özbekiston ishlab çiqaruvçilari uçun stavkalar 5,6 foizdan 11 foizgaça belgilandi. Yevropa Komissiyasi bu haqdagi qarorni 2026-yil 10-noyabrda qabul qildi.

Qaror 11-noyabr kuni Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnalida e’lon qilindi va joriy yil 12-noyabrdan kuçga kirdi.

Özbekiston uçun qanday bojlar belgilandi

Tekşiruvda Özbekistonning 3 ta ishlab çiqaruvçisi – Sharq Tubes, ICG Infinity Copper Group va Angren Pipe Plant iştirok etdi. Yevropa Komissiyasi ma’lumotiga köra, tekşiruv davrida uşbu kompaniyalar Özbekistondan Yevropa İttifoqiga eksport qilingan mis quvurlarning 100 foizini yetkazib bergan.

Özbekiston kompaniyalari uçun quyidagi stavkalar belgilandi:

  • Angren Pipe Plant – 5,6%;
  • Sharq Tubes QK – 6,8%;
  • ICG Infinity Copper Group va unga boğliq Metal Processing Technology – 11%;
  • boşqa ishlab çiqaruvçilar – 11%.

Bojlar rafinatsiyalangan misdan tayyorlangan va öramlarda yetkazib beriladigan ayrim turdagi quvurlarga taalluqli.

Yevropa Ittifoqi nega boj joriy etdi

Yevropa Komissiyasi Özbekiston, Xitoy, Vyetnam va Meksikadan import qilinayotgan mis quvurlarni antidemping tekşiruvidan ötkazmoqda. Komissiya yetkazib berişlarni örganib, tekşiruv davomida vaqtinçalik himoya çoralarini joriy etiş zarur degan xulosaga keldi.

Dastlabki bojlar ehtimoliy demping ta’sirini qoplaş va Yevropadagi ishlab çiqaruvçilarni uning oqibatlaridan himoya qilişga qaratilgan.

Tekşiruv yakuniga köra, yakuniy boj stavkalari özgarişi mumkin.

Özbek mis quvurlarini YIda qaysi davlatlar sotib oladi

Xalqaro taşqi savdo statistikasi bazasi UN Comtrade ma’lumotiga köra, 2025-yilda Özbekiston Yevropa Ittifoqining töqqizta davlatiga HS 741110 kodi böyiça jami $17,5 mlnlik mis quvur eksport qilgan.

Eng yirik xaridorlar Polşa va Italiya bölgan. Polşa $8,25 mln, Italiya esa $4,79 mlnlik mis quvur xarid qilgan. Bu ikki mamlakat hissasiga Özbekistondan Yevropa Ittifoqiga yetkazib berilgan mis quvurlar umumiy qiymatining 74 foizi töğri kelgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQŞ prezidenti Donald Tramp majburiy mehnatdan foydalangan holda işlab çiqarilgan mahsulotlar eksportiga qarşi yetarli çoralar körmayotgan 60 ta mamlakat va hudud uçun import bojlarini joriy etiş töğrisidagi memorandumni imzolagani haqida yozgan edi.

Shuningdek