Starlink qurilmalari va 110 ming dollar: Toşkentda 72 kişilik kiberjinoyiy guruh uşlandi

Toşkentning Mirobod tumanida faoliyat yuritgan 2 ta yaşirin kiberjinoyat markazi foş etilib, jami 72 nafar şaxs uşlandi. Ulardan $110 ming naqd pul, 95 ta noutbuk, 330 ta telefon va boşqa texnika vositalari olib qöyildi. Bu haqda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi ma’lum qildi.
Oyiga $9 mingga ijaraga olingan xonadonda 52 kişi işlagan
Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Mirobod tumanining Farğona birinçi tor köçasidagi xonadon közdan keçirilgan. Xonadon oyiga $9 mingga ijaraga olingan va u yerda yaşirin faoliyat yuritgan 52 nafar fuqaro qölga olingan.
Guruh Osiyo davlatlarida tarqalgan yaşirin onlayn qimor va noqonuniy bukmekerlik öyinlari uçun pul mablağlarini qabul qiliş, ularni bank kartalari orqali ötkaziş bilan şuğullangani aytilmoqda.
Xonadondan $110 ming naqd pul, 71 ta noutbuk, 278 ta telefon va uçta Starlink qurilmasi aşyoviy dalil sifatida olib qöyilgan.
Ikkinçi manzilda «romantik» firibgarlik sxemasi aniqlangan

Tezkor tadbirlar Katta Mirobod köçasidagi boşqa bir manzilda davom ettirilib, yana bir yaşirin Call-markaz aniqlangan. Bu yerda oyiga $2 mingga ijaraga olingan xonadonda faoliyat yuritgan 20 nafar şaxs uşlangan.
Guruh internetda soxta işqiy munosabatlar taklif qiliş orqali odamlarni aldaş bilan şuğullangan. Gumonlanuvçilar özlarini ayol sifatida taniştirib, foydalanuvçilar işonçiga kirişi va ularning pullarini aldov yoli bilan özlaştirişi aytilmoqda. Uşbu manzildan 24 ta noutbuk, bitta planşet, 52 ta telefon va 4 ta Wi-Fi qurilmasi olib qöyilgan.
Kriptoaktivlar aylanmasi $576 mingga yetgan
Har ikki guruhda vazifalar oldindan taqsimlangan: ular orasida rahbarlar, iş boşqaruvçilar, operatorlar va qöriqçilar bölgan. Guruhlar faoliyatida $576 ming miqdoridagi kriptoaktivlar aylanmasi aniqlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 278⁸-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Avvalroq xonandaning öldirilişini tarğib qilgan bloger videosini tekşirişni boşlagani haqida xabar berilgan edi.