
Xalqaro şaxmat federatsiyasi – FIDE jahon çempionligi uçun Javohir Sindarov va amaldagi çempion Gukeş Dommaraju örtasidagi bahs oldidan özbekistonlik grossmeysterning sönggi natijalari unga psixologik ustunlik berişi mumkinligini qayd etdi.
Federatsiya Sindarovning sönggi ikki yildagi formasi, hujumkor uslubi va öziga işonçini alohida ta’kidlagan.
Sönggi natijalar Sindarov foydasiga
FIDE bahosida Sindarovning 2025 – 2026-yillardagi natijalari asosiy omillardan biri sifatida körsatilgan.
U 2025-yilda Jahon kubogida ğolib çiqqan, 2026-yilda esa Nomzodlar turnirida birinçi örinni egallab, jahon şaxmat tojiga da’vogarlik qiliş huquqini qölga kiritgan.
Şuningdek, FIDE Samarqanddagi uy Olimpiadasidagi iştirokini ham alohida qayd etgan. Sindarov ikkinçi taxtada 10 partiyadan yetti oçko töplab, individual bronza medalini olgan va Özbekiston terma jamoasining oltin medaliga hissa qöşgan.
FIDE Sindarovning uç jihatini ajratib körsatdi
Federatsiya özbekistonlik grossmeysterning öyinida uçta asosiy sifatni ta’kidlagan: agressiv kuraş uslubi, variantlarni tez va aniq hisoblaş qobiliyati hamda yuqori taktik mahorat.
Şu bilan birga, FIDE jahon çempionligi uçun uzoq davom etadigan matçda faqat şaxmat tayyorgarligi yetarli bölmasligini qayd etgan.
Bunday qarama-qarşilikda psixologik barqarorlik, mağlubiyatdan keyin tiklana oliş va bosim ostida qaror qabul qiliş qobiliyati ham katta rol öynaşi mumkin.
Psixologik ustunlik tez özgarişi mumkin
FIDE Sindarovning sönggi muvaffaqiyatlari unga matç boşlanişidan oldin yuqori işonç berayotganini qayd etgan.
Şu sababli federatsiya özbekistonlik grossmeysterda dastlabki psixologik ustunlik bölişi mumkinligini istisno qilmayapti.
Biroq FIDE bunday muvozanat matçning dastlabki partiyalaridan keyinoq özgarişi mumkinligini ham ta’kidlagan.
Gukeş amaldagi jahon çempioni
Gukeş Dommaraju bahsga amaldagi jahon çempioni sifatida kirişadi.
Hindistonlik grossmeyster 2024-yilda Din Lijenga qarşi jahon çempionligi matçida ğalaba qozonib, tarixdagi eng yoş mutlaq jahon çempioniga aylangan.
Bu omil unga katta matçlar tajribasi va çempionlik maqomi bilan boğliq qöşimça ustunlik beradi.
Birinçi partiya 24-noyabrda
Sindarov va Gukeş örtasidagi jahon çempionligi uçun matç Jenevada bölib ötadi. Birinçi partiya 2026-yil 24-noyabrga rejalaştirilgan.
Matç klassik vaqt nazoratida köpi bilan 14 partiyadan iborat böladi. Şu tariqa Sindarov faoliyatidagi eng muhim bahsda amaldagi jahon çempioniga qarşi şaxmat tojini qölga kiritiş uçun kuraş olib boradi.
Eslatib ötamiz, «Kursiv» Sindarovning bobosi Tojikiston prezident kubogida «ramziy yuriş»ni amalga oşirgani haqida yozgan edi.