Toşkent viloyatida Yaponiya bozori uçun töqimaçilik mahsulotlari işlab çiqariladi

eʼlon qilindi
Qöşma korxona taşkil etilişi mumkin
O‘zbekistonda to‘qimachilik sanoati inqirozi sabab va oqibatlari
Foto: Jizzax viloyati statistika boshqarmasi

2027-yilning birinçi çoragida Toşkent viloyatida Yaponiya bozori uçun 2-3 turdagi töqimaçilik mahsulotining sinov partiyalarini işlab çiqariş rejalaştirilmoqda. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Taşabbus Toşkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev boşçiligidagi delegatsiyaning Yaponiyaga taşrifi doirasida Masui Holdings Co., Ltd. kompaniyasi rahbariyati bilan ötkazilgan muzokaralarda muhokama qilindi.

Qöşma korxona taşkil etilişi mumkin

Tomonlar Toşkent viloyatida maxsus turdagi ip-kalava işlab çiqariş va uni böyaşga ixtisoslaştirilgan qöşma korxona taşkil etiş imkoniyatini körib çiqdi.

Mahsulotlarni Yaponiya va Xitoy bozorlariga eksport qiliş, mahalliy xomaşyodan foydalaniş hamda işlab çiqarişga yapon texnologiyalari va sifat standartlarini joriy etiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mutaxassislar Yaponiyada öqitilişi mumkin

Muzokaralarda Toşkent viloyatidagi töqimaçilik korxonalarining texnolog va sifat nazorati mutaxassislari uçun Osaka şahrida ikki haftalik öquv kursini taşkil etiş taklifi ham bildirildi.

Şuningdek, viloyatdagi istiqbolli korxonalarda yapon mutaxassislari iştirokida sifat auditi ötkaziş rejalaştirilmoqda. Audit natijalariga köra, 2027-yil boşida Yaponiya bozori uçun sinov mahsulotlari işlab çiqarilişi mumkin.

Toşkent viloyati tomoni qöşma korxona uçun yer maydoni va mahalliy hamkorlarni tanlaş, xomaşyo yetkazib beriş hamda yaponiyalik mutaxassislarning taşriflarini taşkil etişda yordam berişga tayyorligini bildirgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq 2026-yil yanvar – sentabr oylarida Özbekistonda sanoat mahsulotlari işlab çiqariş hajmi 1 085,7 trln sömga yetgani ma’lum qilingandi. Eng katta işlab çiqariş hajmi töqimaçilik va kiyim-keçak sanoatida qayd etildi – 106 trln söm.

Shuningdek