24-dekabrdan Toşkentda jarima maydonçalari yangi tartibda işlaydi

16-noyabr 2026 11:40 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Jarima maydonchasiga olib ketilgan avtomobillarni qaytarish tartibi belgilandi
Foto: SI / Sapura Temirxanova

2026-yil 24-dekabrdan Toşkentda qoidabuzarlik sabab evakuatsiya qilingan avtomobil uçun xarajatlar yangi tartibda hisoblanadi. Evakuatsiya narxi har kilometr uçun 88 ming sömgaça, jami esa 1,76 mln sömgaça yetişi mumkin. Bunga jarima maydonçasida saqlaş va qoidabuzarlik uçun jarima ham qöşiladi.

Yangi tartib Vazirlar Mahkamasining 508-son qarori bilan joriy etilmoqda. Avtomobilni olib ketişdan egasiga qaytarişgaça bölgan jarayon yagona elektron tizim orqali amalga oşiriladi.

Uç kunlik xarajat 528 ming sömga yetişi mumkin

Toşkentda avtomobilni evakuatsiya qiliş uçun har bir kilometrga eng köp 88 ming söm undiriladi. Bunda umumiy evakuatsiya xarajati 1,76 mln sömdan oşmasligi kerak.

Jarima maydonçasida avtomobilni saqlaş narxi esa har bir sutka uçun 88 ming sömgaça belgilanadi.

Masalan, avtomobil 3 km masofaga evakuatsiya qilinib, jarima maydonçasida uç sutka saqlansa, jami xarajat 528 ming sömni taşkil etişi mumkin. Bunga Yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun belgilangan jarima alohida qöşiladi.

Avtomobilni olib ketişni qaçon töxtatiş mumkin

Agar haydovçi avtomobil evakuatorga yuklana boşlanmasidan oldin qaytib kelib, qoidabuzarlikni bartaraf etsa, avtomobil olib ketilmaydi.

Biroq avtomobilni evakuatorga yuklaş boşlanganidan keyin jarayonni töxtatiş mumkin bölmaydi. Saqlaş uçun tölov avtomobil evakuatorga yuklangan vaqtdan boşlab hisoblanadi.

Avtomobil QR-kod orqali qaytariladi

Evakuatsiya qilingan avtomobil egasiga faqat elektron tizimda berilgan QR-kodli ruxsatnoma asosida qaytariladi.

Agar avtomobil olti oy davomida olib ketilmasa, töplanib qolgan qarzdorlik majburiy tartibda undiriladi. Avtomobil 12 oy davomida olib ketilmasa, sud uni egasiz mulk deb topişi mumkin.

Yangi tartib 2026-yil 24-dekabrdan kuçga kiradi.

Eslatib ötamiz, avvalroq 6-yanvardan haydovçilar jarimalari böyiça yangi tartib kuçga kirişi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek