Fond bozori tahlili: neft-gaz sohasidagi kompaniya aksiyalari bir haftada 65 foizdan oşdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
6-noyabrdan 13-noyabrgaça bölgan davrda
На плато Устюрт обнаружен новый приток газа
Foto: O‘zbekneftgaz

«Toşkent» respublika fond birjasi (RFB)dan joy olgan yuqori likvidli aksiyalar 6-noyabrdan 13-noyabrgaça bölgan davrda salbiy dinamika körsatdi. Ammo UPI fond indeksi 1,2 foizga oşdi.

Uşbu davr mobaynida «Neft va gaz quduqlarini sinaş» aksiyalari eng katta ösişga erişib, 65,17 foizga qimmatlaşdi. Şuningdek, «Mikrokreditbank» (+49,76) va «Uzbekinvest» aksiyalari (+39,07%)da ham ösish qayd etildi.

Öz navbatida, «Buxoroneftgazparmalaş» aksiyalari 24,44 foizga arzonlaşib, haftaning eng katta pasayişini körsatdi. Bundan taşqari, «Garant bank» (-11,81%) va «Öztransgaz» (-9,13%) aksiyalari ham pasayiş bilan ajralib turdi. Faqat «Çilonzor buyum savdo kompleksi», «Temiryöl suğurta» aksiyalari va «Kaptal suğurta»ning ham oddiy, ham imtiyozli aksiyalari narxida özgariş kuzatilmadi.

Bitimlar soni böyiça UzNIF (3 631 ta), «Hamkorbank» (2 858 ta) va «SQB» (2 352 ta) peşqadam böldi.

Aksiyalar bozorida uşbu haftada hajm böyiça esa «ÖzRTXB» (2,41 mlrd söm) yetakçilik qildi. «Özbektelekom» (1,36 mlrd söm) va UzNIF (914,73 mln söm) aksiyalari yuqori uçlikdan joy oldi.

Şuningdek, öqing: 2026-yilda dividendlar: qaysi kompaniyalar köproq tölamoqda

Yuqori likvidli aksiyalardan 21 tasi haftani ijobiy, törttasi özgarişsiz va 29 tasi salbiy natija bilan yakunladi. Birjaviy savdolarning asosiy maydonçadagi umumiy hajmi 601,43 mlrd söm böldi.

Eslatib ötamiz, avvalroq özbekistonlik investorlar xorijiy aksiyalarni mahalliy brokerlar orqali sotib olişi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Yangi tartib xorijiy fond indekslariga kiritilgan aksiyalar, çet el kompaniyalari va davlatlarining obligatsiyalari, ETFlar, indeks fondlari hamda xorijiy kompaniyalarning depozitar tilxatlari bilan operatsiyalarni nazarda tutadi. Bunda ikkita mexanizm mavjud.

Shuningdek