Iordaniya Telegram’ni milliy xavfsizlik sabab bloklaşga qaror qildi

Iordaniya hukumati milliy xavfsizlik bilan boğliq xavotirlar sabab Telegram ilovasini mamlakat hududida bloklaşga qaror qildi. Bu haqda Iordaniya Jamoat xavfsizligi direktorati bayonotida ma’lum qilindi.
Qarorga nima sabab böldi
Jamoat xavfsizligi direktoratiga köra, qaror jamiyatni turli tahdidlardan, jumladan ekstremizm va radikallaşuvni tarqatişga urinişlardan himoya qilişga qaratilgan.
Qaror mamlakatda xavfsizlik bilan boğliq bir neça hodisadan keyin qabul qilindi. Joriy yil oktabr oyida Iordaniyadagi çerkovga hujum oqibatida 9 kişi halok bölgan, 5-noyabrda esa Ammonda sodir etilgan va rasmiylar terroristik hujum deb baholagan piçoqbozlikda bir xavfsizlik xodimi halok bölgan.
Iordaniya rasmiylari Telegram’dan ekstremistik guruhlar axborot tarqatiş uçun foydalanişi mumkinligidan xavotir bildirgan. Xususan, «Islom davlati» guruhi avval ham messenjer orqali bayonotlar tarqatgan.
Telegram boşqa davlatlarda ham çeklangan
Iordaniya Telegram’dan foydalanişni çeklagan ilk davlat emas. Jumladan, Eronda Telegram 2018-yildan beri bloklangan. Tehron sudi qarori bilan internet provayderlariga messenjer va uning saytiga kirişni çeklash topshirilgan.
2026-yil iyunida Hindiston Telegram’ni vaqtinça bloklagan. Bunga tibbiyot oliygohlariga kiriş imtihoni savollari Telegram kanallari orqali oldindan tarqalgan bölişi mumkinligi haqidagi gumonlar sabab bölgan. Telegram kompaniyasi qarorni sudda e’tiroz qilgan.
2024-yil martida Ispaniyaning Audiencia Nacional sudi sudyasi Santiago Pedraz Telegram faoliyatini vaqtinça töxtatiş haqida qaror çiqargan. Bunga Mediaset, Atresmedia va Movistar Plus kabi media kompaniyalarning mualliflik huquqi bilan himoyalangan kontent Telegram orqali ruxsatsiz tarqatilayotgani haqidagi şikoyatlari sabab bölgan.
Şu bilan birga, Rossiyada Telegram faoliyatiga nisbatan bosim kuçaygan bölsa-da, 2026-yil iyul holatiga köra, messenjerning özi rasman taqiqlanmagan.
Avvalroq Özbekistonda OLX va Telegram ilovalari orqali arzon ijara va’da qilgan «soxta rieltorlar» qölga olingani haqida xabar berilgan edi.