Gukeş: Sindarovning şaxmatdan zavq olişi menga ilhom beradi

16-noyabr 2026 13:51 eʼlon qilindi

(17-noyabr 2026 01:15 yangilandi)
Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Gukeş: Sindarovning şaxmatdan zavq olişi menga ilhom beradi
Foto: ChessBase

Amaldagi jahon çempioni Dommaraju Gukeş bölajak raqibi Javohir Sindarovning şaxmatga munosabati unga ilhom berişini aytdi. U bu haqda beş karra jahon çempioni Vişvanatan Anand va ÇessBase India jurnalisti Sagar Şah bilan suhbatda gapirdi.

«U şaxmat öynayotganida juda baxtli körinadi»

Gukeşning aytişiça, Sindarovdan örganiş mumkin bölgan jihatlardan biri – uning şaxmatdan zavq ola bilişi.

«Sindarovdan örgangan jihatlarimdan biri — u şaxmat öynayotganida juda baxtli körinadi. Şu bilan birga, boşqa qiziqarli işlar bilan ham şuğullanadi. Öylaymanki, bu menga ham ilhom beradi», – dedi Gukeş.

Hindistonlik grossmeyster sönggi vaqtlarda yuqori natijalarni qayd etişiga bosim va undan kutilayotgan katta natijalar xalaqit berayotganini ham tan oldi.

Uning aytişiça, hozir şaxmatdan va hayotdan köproq zavq olişga, har kuni özini baxtli his qilişga intilmoqda.

Gukeş Sindarovning kuçli tomonlarini e’tirof etdi

Gukeş bölajak raqibini har tomonlama yetuk şaxmatçi deb atadi. Uning fikriça, Sindarov ham, uning özi ham öziga xos kuçli jihatlarga ega.

Şu bilan birga, Gukeş avval jahon çempionati matçida iştirok etgani va elit darajadagi turnirlarda uzoqroq vaqt öynab kelayotganini öz ustunligi deb hisoblaydi.

Birinçi partiya 24-noyabrda

Gukeş va Sindarov örtasidagi jahon çempionati matçining birinçi partiyasi 24-noyabr kuni Şveysariyaning Jeneva şahrida bölib ötadi.

Sindarov uşbu bahsda amaldagi jahon çempioniga qarşi şaxmat tojini qölga kiritiş uçun kuraşadi.

Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan FIDE Sindarovda Gukeşga qarşi psixologik ustunlik bölişi mumkinligini qayd etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek