Samarqand va Toşkentda kuçli ta’sir qiluvçi dorilar savdosiga çek qöyildi

eʼlon qilindi
Jinoyat işlari qözğatildi
Samarqand va Toşkentda kuçli ta’sir qiluvçi dorilar savdosiga çek qöyildi
Foto: Departament

Samarqand viloyati va Toşkent şahrida kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalarini noqonuniy sotiş bilan boğliq uçta holat aniqlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.

Tezkor tadbirlar davomida jami 241 dona kuçli ta’sir qiluvçi dori vositasi aşyoviy dalil sifatida olib qöyilgan.

Iştixonda 146 dona «Benzonal» aniqlangan

Departamentning Iştixon tumani bölimi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda bir fuqaro 146 dona «Benzonal» nomli kuçli ta’sir qiluvçi dori vositasini sotayotgan vaqtida uşlangan.

Dori vositalari aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirilgan.

Kattaqörğonda 80 dona dori sotilgan

Departamentning Kattaqörğon şahri bölimi xodimlari ötkazgan tezkor tadbirda yana bir fuqaro 80 dona «Zardeks» nomli kuçli ta’sir qiluvçi dori vositasini sotayotgan paytda aniqlangan.

Mazkur dori vositalari ham aşyoviy dalil sifatida olib qöyilgan.

Yakkasaroyda yana 15 dona dor aniqlandi

Toşkent şahrining Yakkasaroy tumanida Departament va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamkorligida ötkazilgan tadbirda bir fuqaro 15 dona kuçli ta’sir qiluvçi dori vositasini sotayotgan vaqtida uşlangan.

Jinoyat işlari qözğatildi

Boş prokuratura huzuridagi Departament ma’lumotiga köra, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, «Kursiv» Andijondagi qadimiy yodgorlik hududida beton ğişt sexi qurilgani aniqlagani haqida yozgan edi.

Shuningdek