Yomğir yoki qor: hafta davomida ob-havo qanday böladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Ayrim hududlarda yomğir yoğişi mumkin
Yomg‘ir, qor, chang-to‘zon: 26-sentabrda ob-havo qanday bo‘ladi
Foto: SI / Sapura Temirxanova

16 – 20-noyabr kunlari Özbekiston hududining katta qismida asosan quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Hafta oxiriga borib ayrim hududlarda havo harorati me’yordan 8–10 darajaga yuqori bölişi kutilmoqda. Bu haqda «Özgidromet» ma’lum qildi.

17 – 18 va 20-noyabr kunlari mamlakatning şimoliy va çöl hududlarining ayrim joylarida yomğir kuzatilişi ehtimoli bor. Toğli hududlarda esa 18 – 20-noyabr kunlari ayrim joylarda yomğir va qor yoğişi mumkin.

Havo asta-sekin isiydi

17-noyabrda keçasi havo harorati 3–8 daraja, kunduzi 13–18 daraja iliq böladi.

18 – 20-noyabr kunlari harorat asta-sekin kötarilib, keçalari 7–12 daraja, kunduz kunlari esa 17–22 daraja iliqqaça yetişi kutilmoqda.

Hafta boşida havo harorati me’yordan 3–5 daraja, hafta oxirida esa 8–10 daraja yuqori böladi. 16 – 18-noyabr kunlari ayrim hududlarda tuman tuşişi mumkin. Şamol şarqdan 7–12 m/s tezlikda esadi.

Toşkentda 20–22 daraja iliq böladi

Toşkentda hafta davomida yoğingarçilik kutilmaydi. 16 – 18-noyabr kunlari kunduzgi harorat 15–17 daraja iliq, 19 – 20-noyabrda esa 20–22 daraja iliqqaça kötariladi.

Keçasi 17-noyabrda 4–6 daraja, 18–20-noyabr kunlari esa 10–12 daraja iliq bölişi kutilmoqda. Şamol şarqdan 3–8 m/s tezlikda esadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Möynoq tumanida mavsumning ilk qori yoğgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek